So’nggi yangiliklar

03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  13 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  27 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  29 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  67 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Галатасарой"ни мағлубиятга учратиб, тўғридан-тўғри кейинги босқичга йўл олди!  14 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  3 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  3 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  4 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  6 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0

Mundial tugadi. Kutilganidek, Braziliya - chempion! Yangiliklar

Mundial tugadi. Kutilganidek, Braziliya - chempion!

Teglar :  Plyaj futboli
Seyshel orollarida plyaj futboli bo'yicha navbatdagi Jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Kutilganidek, Braziliya terma jamoasi oltin medallarga ega chiqdi hamda o'z tarixida 7-bor chempionlikni qo'lga kiritdi.

10 may kungi yarim final uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Belarus - Senegal 5:2
Portugaliya - Braziliya 2:4




Senegal terma jamoasi ushbu mundialning kashfiyot jamoasi bo'lgani haqida aytib o'tgandik. Afrikaliklar yarim finalga qadar kelib chinakam shov-shuv ko'rsatishdi. Biroq finalga bir qadam qolganida Belarus terma jamoasi ularni 5:2 hisobida mag'lub etdi. Yarim finalning ikkinchi o'yinida Braziliya Portugaliyaga qarshi bahs olib borib, qiyinchiliksiz 4:2 hisobida zafar quchdi va ikkinchi finalchiga aylandi.

Kecha esa musobaqaning 3-o'rin uchun bahsi hamda hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkazildi. Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda Portugaliya Senegalni 3:2 hisobida mag'lub etib, bronza medallarni qo'lga kiritgan bo'lsa, final o'yinida Braziliya Belarusni 4:3 hsobida engib bosh sovringa ega chiqdi.

Musobaqa yakunida eng yaxshilar FIFA tomonidan taqdirlandi:

Oltin to'p - Rodrigo (Braziliya)
Kumush to'p - Ihar Brishtel (Belarus)
Bronza to'p - Be Martins (Portugaliya)
Oltin to'purar - Ihar Brishtel, 11 gol (Belarus)
Kumush to'purar - Andre Lourenso, 8 gol (Portugaliya)
Bronza to'purar - Rodrigo, 7 gol (Braziliya)
Oltin qo'lqop - Mixail Avgustov (Belarus)
Feyr pley sovrini - Yaponiya terma jamoasi

Malumot: Plyaj futboli bo'yicha Jahon chepmpionatida 32ta o'yin o'tkazilib, darvozalarga jami 288ta to'p kiritildi.




Iqtibos: "Men juda xursandman, hissiyotlarim ham bir olam. Bolaligimdan chempion bo'lishni orzu qilardim. Hisob 3:3 bo'lganidan keyin biroz xavotirga tushdik, lekin g'alaba qozondik. Jamoadoshim Rodrigoga gap yo'q. U dunyoning eng zo'r o'yinchisi". (Tanger, Braziliya terma jamoasi futbolchisi).

Iqtibos: "Biz Braziliyani mag'lub etishni xohlagandik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Lekin ikkinchi o'rinni bo'lsa ham qo'lga kiritganimizdan xursandman. Bu tarixiy natija. Bu Belarus futboli uchun juda katta yutuq". (Ihar Brishtel, Belarus terma jamoasi futbolchisi)

Iqtibos: "Sport shunaqa, mag'lublarni kechirmaydi. Himoyaga qattiq urg'u berganimiz bilan gollar o'tkazdik. Men Portugaliyani uchinchi o'rinni qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. Ular buyuk jamoa". (Oumar Silla, Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi)

Iqtibos: "Biz bu erga chempion bo'lish maqsadida kelgandik. Kubokni ko'tarishni har doimgidan ko'proq xohlagandik. Yakunda esa uchinchi bo'ldik. Hali yana qaytamiz va baribir chempion bo'lamiz". (Be Martins, Portugaliya terma jamoasi futbolchisi)

X.Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика