So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Mundial oldidan. Botirali Ergashev: "Asosiy vazifamiz to'p o'tkazib yubormaslik" Yangiliklar

Mundial oldidan. Botirali Ergashev: "Asosiy vazifamiz to'p o'tkazib yubormaslik"

Jahon chempionati oldidan yoshlar terma jamoamiz azolari championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tadi.
Yoshlarimiz safiga jalb etilgan darvozabon Botirali Ergashev jamoamizni chempionatida eng yuqori marralarni ko'zlayotganini yashirmadi.

"Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Buni isbotlashimiz kerak. Xalqimizni ishonchini oqlashimiz kerak. Maydonda kim o'ynashidan qatiy nazar to'p o'tkazmay g'alabaga erishishni ko'zlamoqdamiz. Umuman olganda juda katta maqsadlar bilan tayyorgarlikka kirishganmiz. Bizda barcha sharoit va imkoniyat etarli. Asosiy ishimiz bu sharoit va imkoniyatlarni oqlashdir" , - dedi darvozabonimiz Ergashev.

- Jamoaning darvoza chizig'ida raqobat etarlicha deya olamiz. Tanlovning ko'pligi ijobiy natijaga qanday tasir ko'rsatadi?

Bu juda ham yaxshi degan bo'lar edim. Yuqorida aytganimdek kim darvozani qo'riqlashi emas, to'p o'tkazmasligimiz eng muhimidir. Hamroev mahoratli va Karimov ham jahon chempionatida ishtirok etib tajriba oldi. Men ham ishonchni oqlashga harakat qilaman. Raqobat bizda o'sishga xizmat qiladi.

- Guruh etakchisi Germaniya. Guruhdagi jamoalar va ularning hujumchilari borasida fikrlaringiz qanday?

Albatta, Germaniya juda ham kuchli jamoalardan biridir. Ular bilan bir xil o'ynashga imkoniyatimiz etadi. Ular juda ham tez va texnikaga ekan. Ularni uslubini o'rganmoqdamiz. Har bir futbolchisi individual mahoratga ega. Gonduras ham juda ham baquvvat futbolchilarga ega. Fidji haqida esa u darajada ko'p malumotga ega emasman.

- Terma jamoadan qanday natija kutsak bo'ladi?

Jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashadi. Vazifa ham chiroyli o'yin ko'rsatib, natijaga erishish. Hammamiz o'z kuchimizga ishonamiz va belgilangan marrani egallaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика