So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  10 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

Mundial 2022. Yaponiya! Yangiliklar

Mundial 2022. Yaponiya!

Yaponiya!


Taxallusi – "ko'k samuraylar"

FIFA reytingida 24-o'rinda.

Jahon chempionatiga ettinchi marta boradi (1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018, 2022).


E guruhi. Raqiblar: Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya.

1-tur, 23 noyabr. Germaniya — Yaponiya

2-tur, 27 noyabr. Yaponiya — Kosta-Rika

3-tur, 1 dekabr. Yaponiya — Ispaniya


Muvaffaqiyatlar


Yaponlar uch bor pley-offga chiqishgan: 2002 yilda o'z maydonlarida o'tgan mundialda, JAR-2010da va Rossiya-2018da. Biz eng yaqin turnirni eslab o'tamiz.

JCH-2018da yaponlarga teng guruh tushdi: Polsha, Senegal va Kolumbiya. Hech kim favoritni ajratib ko'rsata olmasdi, shu sabab ushbu kvartetdagi voqealarni kuzatish qiziq edi.



Bu guruhda sal ko'zga tashlanadigan jamoa yaponlarning JCHdagi ilk raqibi bo'lgan Kolumbiya edi.

Kolumbiya himoyachisi Karlos Sanches uchinchi daqiqadayoq chetlatish va penaltiga o'ynadi. U bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pni ataylab qaytardi. Sindzi Kagava kolumbiyaliklarni jazoladi, hisob 1-0. 39-daqiqada janubiy amerikaliklar yarim himoyachisi Xuan Kintero jarima to'pini ajoyib pastki zarba bilan ijro etdi va hisobni tenglashtirdi. Yaya Osako 73-daqiqada burchak to'pidan uzatilgan pasdan so'ng Yaponiyani oldinga olib chiqdi. "Ko'k samuraylar" hech bir gol o'yindan kiritilmagan bahsda g'alaba qozonishdi. Yaponiya g'alabasi 2-1.




Senegal bilan keyingi o'yin guruhning vaqtinchalik etakchisini aniqlab berardi. Afrikaliklar birinchi turdayoq Polshani mag'lub etishdi va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasdi.

Senegalning yulduz hujumchisi Sadio Mane o'yinning 11-daqiqasida darvozabonning tartibsiz o'yinidan so'ng hisobni ochdi. Yaponlar 20 daqiqa o'tib Takasi Inuining goli bilan javob qaytarishdi. Senegal 71-daqiqada Mussa Vagening harakati evaziga oldinga chiqib oldi. Keyinchalik katta sahnaga Keysuke Xonda chiqdi va hisobni tenglashtirdi. Yakun 2-2, chiroyli va samarador.




Yaponiyani so'nggi turda guruhdan chiqish uchun barcha umidlarni yo'qotgan polyaklarga qarshi nafaqat g'alaba va durang, balki ayrim holatlarda mag'lubiyat ham qoniqtirardi.

SHunday ham bo'ldi. Yan Bednarek o'yindagi yagona golni kiritdi va Polshaga ramziy g'alabani taqdim etdi. Yaponlar esa ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqishdi va feyr-pley ko'rsatkichlari (sariq va qizil kartochkalar) bo'yicha Senegalda o'tishdi.


Yaponiyani 1/8 finalda turnir favoritlaridan biri belgiyaliklar kutib turardi.

Yaponlar ham mudofaa, ham hujumda aqlbovarqilmas intizomli o'yin namoyish etishdi. Ilk taym favorit ko'proq hujum qilgan va autsayder munosib qarshilik ko'rsatishi bilan yaxshi tepmda o'tdi. Gollar seriyasi ikkinchi taymda boshlandi. 48-daqiqada Genki Xaraguti 48-daqiqada Yaponiyani oldinga olib chiqdi, 4 daqiqa o'tib esa Takasi Inui uzoqdan yo'llagan chiroyli zarbasi bilan "samuraylar"ning ustunligini ikkitaga oshirdi. Belgiyaliklarning turnirda g'alaba qozonish istiqbollari ustida qora bulut paydo bo'ldi. Ammo, favoritlar 69 va 74-daqiqalarda bosh bilan ikkita gol urgan holda o'zlariga kelishdi. Belgiyaliklar o'yin yakunlanishiga soniyalar qolganda Naser SHadlining goli evaziga g'alabani ilib ketishdi. 3-2, yaponlar turnirni tark etishdi, ammo haqiqiy samuraylardek.




Murabbiy va o'yin uslubi


Xadzime Moriyasu – futbol bo'yicha Yaponiya terma jamoasi ustozi.



Moriyasu o'zining afrikalik hamkasblariga taqqoslaganda, jamoasi bilan Qatardagi turnirga tayyorgarlikning to'liq ciklini o'tkazdi. U termani 2018 yilning 26 iyulida qabul qilib olgan va atigi bir yildan so'ng yaponlarni Osiyo Kubogi finaliga olib chiqqan.

Xadzime bosh jamoadan tashqari 2017 yildan beri U23 termasini ham boshqaradi. Moriyasu Rossiyadagi Jahon chempionatiga Akira Nishinoning assistenti rolida keldi va musobaqadan so'ng uning o'rnini egalladi.

Moriyasu terma jamoani to'rt yildan oshiq vaqtdan beri boshqaradi. Bu vaqt davomida uning jamoasi 55ta o'yin o'tkazdi, g'alabalar foizi esa 70ni tashkil etadi!

Yaponiya terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-3-3 (uchburchak), kamroq 4-2-3-1.



Yaponiyaning asosiy sxemasi aynan 4-3-3 hisoblanadi.

O'yin uslubi – yaponcha total futbol.

Maydonning har bir qismida kurash – bu nafaqat Diego Simeonega tegishli, balki Yaponiya terma jamoasiga ham.

O'yin davomida himoyachi va hujumchi qaerda ekanligini aniqlab olish qiyin – Yaponiyada o'yinchilar har qanday joyda bo'lishlari mumkin.

Yaponlarning pressing darajasiga etibor qarating.



Bunday vaziyatni "ko'k samuraylar" jarima maydonchasida ham ko'rish mumkin.



Yaponlar ananaga ko'ra qarshi hujumlarda yaxshi o'ynashadi, o'yinning bu qismi ularda maromiga etkazilgan. Burchak zarbalari esa Yaponiyaning zaif tomoni bo'lgan, ammo ular buni qayta ko'rib chiqishdi – "ko'k samuraylar" uni qurolga aylantirishdi. Yaponlar so'nggi o'n o'yinning barchasida raqibdan ko'p burchak to'pi ishlashgan. Havodagi kurashlar uchun atalgan statistika hali ham yuqori (44%) bo'lmasa-da, Yaponiya bu borada ancha yaxshi ko'rinmoqda.


Terma jamoa etakchilari


Daiti Kamada – Kagavaning uzoq kutilgan o'rinbosari.



Kamada bir necha yillardan buyon "Ayntraxt"da o'ynaydi, o'zining o'yin uslubi bilan esa Sindzi Kagavani esga soladi. Mish-mishlarga ko'ra, yarim himoyachiga "Benfika" qiziqmoqda, bu esa futbolchining katta imkoniyatlaridan dalolat beradi.

Daiti o'zining engilligi va ajoyib texnikasi bilan ajralib turadi. U o'tkir hujumda ham, forvard ortida ham o'ynashi mumkin.

Kamada ancha kech ochildi, hozirda u 26 yoshda va terma jamoada atigi 19ta o'yin o'tkazgan. Futbolchi bu o'yinlarda beshta gol urishga erishgan.




Takumi Minamino – Yaponiyaning bosh yaratuvchisi.



Minamino – Yaponiya termasi eslanganda miyaga keladigan birinchi o'yinchi. "Liverpul" tarkibida yaponni tez-tez ko'rmaymiz.

Takumi o'zining universalligi bilan tanilgan. U chap va o'ngda, hatto markazda ham o'ynay olishi mumkin. Minamino hujumning boshlanishi va yakunlanishida yaxshi o'ynaydi.

Uning o'yinni o'ziga olishi intizomli Yaponiya terma jamoasiga biroz tartibsizlik beradi. Minaminoning milliy jamoadagi statistikasiga qarasak, bu tartibsizlik faqat foyda olib keladi.




Takexiro Tomiyasu – mudofaa qanotida o'yinchi.



"Arsenal"ning 188 santimetr bo'yga ega o'ng qanot himoyachisi ushbu ro'yxatda bo'lmasligi ham mumkin edi. 23 yoshli yapon terma jamoada 28ta o'yin o'tkazgan, klub darajasida esa A Seriyada to'p tepishga ulgurgan.

Futbolchi mudofaa markazida ham o'ynay oladi va uch himoyachi sxemasida bu qadrlidir.

Tomiyasu – tezkor va texnik futbolchi.


Takefusa Kubo – kavasakilik vunderkind.



18 yoshli "Real Madrid" u bilan shartnoma imzoladi. Kuboning bunday klubda muntazam o'yin amaliyoti olmagani mantiqiy, shu sabab uni ijaraga yuborishdi. Bu Takefusa o'zi uchun "Real Sosedad"ni topmaganidan beri uch marta takrorlandi. Hozirda u 21 yoshda va butun faoliyati hali oldinda, ammo Kuboning g'ururlanadigan narsasi bor – terma jamoada 19ta o'yin va La Liganing kuchli jamoalaridan birida asosiy tarkib, sabab emasmi?

Kuboning norasmiy taxallusi – yaponiyalik Messi. Haqiqatdan ham, Takefusa juda aqlli o'yinchi, u yo'q joydan vaziyat yaratishi mumkin, uning tezkorligi va oyoqlar bilan ishlashi argentinalik daho bilan solishtirishga imkon beradi.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tezlik, intizom, qarshi hujumlar.

Zaif tomonlari: pozicion o'yin, to'p nazorati.


Yaponiya – eng tezkor terma jamoalardan. "Ko'k samuraylar"ga bu boradagi ustunlik ular yaxshi ko'radigan qarshi hujumlarga o'tishga imkon beradi. Yaponiya 2018 yilda ko'proq klassik futbol o'ynardi, hozir esa pas va bitta teginish bilan harakat qiladi. Ular raqib mudofaasini 2-3ta pas, tezlik va to'pni tez harakatlantirish evaziga ochishni o'rganishdi.

Intizomlilik osiyolik futbolchilar uchun anchadan beri stereotip hisoblanadi, ammo yaponlar hali ham unga moslar. Nega endi yo'q? Ayniqsa, bundan faqat foyda bo'lsa. Jamoaning muvofiqlashgan o'yini uni ko'plab top-jamoalardan ijobiy tarzda ajratib turadi. Huddi shu braziliyaliklar va francuzlar yaponlardan jamoaviy harakatni o'rganishlari kerak.

To'p nazorati – katta muammo. Yaponlar to'pni saqlashni bilishmaydi. Yaponiyada qulay hisobda keraksiz xatolar qilish boshlanadi. Aytgancha, aynan shu JCH-2018da belgiyaliklardan mag'lubiyatga uchrashga sabab bo'lgandi, to'rt yildan keyin ham ko'p narsa o'zgarmagan.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика