So’nggi yangiliklar

13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  0 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  2 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  33 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  25 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6

Mundial 2022. Urugvay! Yangiliklar

Mundial 2022. Urugvay!

Urugvay!


Taxallusi – "moviylar".

FIFA reytingida 14-o'rin.

Jahon chempionatiga o'n to'rtinchi marta (1930, 1950, 1954, 1962, 1966, 1970, 1974, 1986, 1990, 2002, 2010, 2014, 2018, 2022) boradi.


H guruhi. Raqiblari: Portugaliya, Gana, Janubiy Koreya.

1-tur, 24 noyabr. Urugvay — Janubiy Koreya

2-tur, 28 noyabr. Portugaliya — Urugvay

3-tur, 2 dekabr. Gana — Urugvay


Muvaffaqiyatlar


Urugvay – ikki karra Jahon chempioni (JCH-1930 va JCH-1950).



Ilk bor Jahon chempionati 1930 yilda aynan Urugvayda o'tkazilgan.

Asosiy favoritlar o'sha paytlarda raqiblaridan kuchliroq bo'lgan urugvaylik va argentinaliklar edi.

Urugvayning guruhdagi raqiblari Peru va Ruminiya bo'lgandi. "Moviylar" birinchisini kichik 1:0 hisobida, ikkinchisini esa yirik 4:0 hisobida taslim etishgan.

Keyin birdaniga yarim finallar.

Urugvay – Yugoslaviya va Argentina – AQSH. Qizig'i, ikki o'yin ham 6:1 hisobidagi natija bilan yakunlandi.

Finalda juda keskin bahs kutildi.

Final 30 iyulda "Sentenario" stadionida bo'lib o'tdi. O'yinda kun bo'yi "Victoria o muerte" (tarjimasi – "g'alaba yoki o'lim") deb qichqirgan 10dan 15 mingga qadar argentinalik muxlislar kirishdi. Ularning ayrimlari to'g'ridan-to'g'ri Buenos-Ayresdan Montevideoga suzib kelishdi, bu esa Montevideo port ishchilarini hayratda qoldirdi, ammo argentinaliklarning stadionga etib borishlariga hech kim to'sqinlik qila olmadi. O'yinga 6 soat qolgan 8:00da stadion eshiklari ochildi, kunning yarmida esa stadionda 93 ming atrofida inson yig'ilgan edi. Takidlanishicha, stadionga kiraverishda qo'riqchilar muxlislardan 1600ta pistolet va revolverlarni olib qo'yishgan, garchi argentinaliklar ularning muxlislaridan chegaradan o'tayotganlaridayoq qurollarini musodara qilishganini qayd etishgan bo'lsa ham. Biroq, birinchi urilgan goldan so'ng tribunada to'pponcha ovozlari eshitildi.


Bosh hakamlikka belgiyalik Jon Langenus tayinlandi, u shahardagi notinch vaziyatga qaramasdan, finalni boshqarishga rozi bo'lgan yagona hakam edi. O'yin boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda bahsda o'ynaladigan to'p bo'yicha tortishuvlar boshlandi. Ikki terma jamoa ham o'yin uchun to'plarni taqdim etishgandi, shu sabab qaysidan o'ynash tushunarsiz edi. Natijada qura tashlandi va unga ko'ra, birinchi taymda Argentina to'pi bilan, ikkinchi bo'limda esa urugvayliklarning to'pi bilan o'ynashga qaror qilindi.

Urugvayliklar o'ng burchakka pastlab zarba bergan Pablo Doradoning harakatlari evaziga hisobni ochishdi. Argentina gol o'tkazib yuborganidan so'ng ajoyib pas mahoratini namoyish etgan holda to'liq kuch bilan o'ynadi va 8 daqiqa o'tib hisobni tenglashtirdi: Karlos Peuesle to'pni egalladi, himoyani yorib o'tdi va gol urdi. Taym tugashiga kam muddat qolganda musobaqaning eng yaxshi to'purari Gilermo Stabile o'z jamoasini oldinga olib chiqdi va turnirdagi 8-golini urdi, urugvayliklar sardori Xose Nasassining Jon Langenusga Stabile ofsaydda ekanligini isbotlashga urinib ko'rdi. Urugvayliklar ikkinchi taymda ko'proq ochiq hujumlarga o'tishdi. Argentinalik Luis Monti o'z jamoasi ustunligini ikkitaga oshirishiga bir bahya qolganidan so'ng, Urugvay pozicion hujum uyushtirdi va Pedro Sea hisobni tenglashtirdi. O'n daqiqadan so'ng Santos Iriarte Urugvayni oldinga olib chiqdi, o'yin yakuniga kam qolganda esa Ektor Kastro Jahon chempionatlari tarixidagi ilk finalning so'nggi golini urdi.




JCH-1950 Braziliya maydonlarida o'tdi va bu urugvayliklar borishga qaror qilgan ikkinchi mundial bo'ldi, ular oldingi ikki turnirni o'tkazib yuborishga qaror qilishgandi.



SHunday g'alati hodisa sodir bo'ldiki, Urugvay guruhda Boliviya bilan yakka qolib ketdi. Gap shundaki, Franciya turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi, boshidanoq ushbu guruhda atigi uchta jamoa bo'lgandi.

Xo'sh, "moviylar" Boliviyani 8:0 hisobida taslim etishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi – turnirning oldingi bosqichlaridan g'olib bo'lganlar kvarteti bo'lgan final guruhi. Bu erga qadar braziliyalik, shvedlar, ispanlar va urugvayliklarning o'zlari kelishdi.

Urugvay Ispaniya bilan 2:2 o'ynadi, keyinchalik katta qiyinchilik bilan SHveciyani 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va nihoyat Braziliya (2:1)ga qarshi o'zining eng katta g'alabalaridan biriga erishdi. Braziliyaliklar bunga qadar o'z yo'lidagi barchani tor-mor etayotgandi. Ular 7:1 hisobida mag'lub etgan holda shvedlarga etibor qilishmadi, ispanlarni ham 6:1 hisobida taslim etishdi. SHu sabab Braziliyaga qarshi "Marakana"dagi hal qiluvchi o'yindagi shunday g'alaba orzudagi marradir.

Urugvayning so'nggi uch o'yinida, jumladan Braziliyaga qarshi g'alaba golini urgan Alsides Gidjani alohida qayd etish kerak.




O'sha o'yinning muhimligini tushunishga yordam beruvchi ikkita fakt:

– Urugvayda 16 iyul milliy bayram (Braziliyaga qarshi hal qiluvchi o'yindagi g'alaba) deb elon qilindi va o'shandan beri har yili nishonlanadi.

– Braziliya terma jamoasi urugvayliklardan uchralgan mag'lubitdan so'ng o'sha paytdagi ananaviy ranglar (ko'k yoqali oq futbolkalar, oq shortilar va getrilar)dan umrbodga voz kechishdi va o'shandan beri derbi milliy bayroq ranglaridagi libosda maydonga tushishadi (yashil yoqali sariq futbolkaalar, ko'k shortilar, oq getrilar).


Murabbiy va o'yin uslubi


Diego Alonso Lopes – Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi.



Lopes murabbiy sifatida Meksikada katta muvaffaqiyatlarga erishgan.


"Pachuka"

Meksika chempioni: Klausura 2016

KONKAKAF CHempionlar Ligasi g'olibi: 2016/17

Meksika Kubogi finalchisi: Apertura 2017

Klublar o'rtasidagi JCHning bronza medali sohibi: 2017


"Monterrey"

KONKAKAF CHempionlar Ligasi g'olibi: 2019

KONKAKAF CHempionlar Ligasi eng yaxshi murabbiyi: 2019


Urugvay futbol federaciyasi Diegoning yutuqlarini etiborsiz qoldirmadi. Alonso 2021 yilning 14 dekabrida Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bu postda 15 yil davomida "moviylar"ni boshqargan buyuk Oskar Tabaresning o'rnini egalladi. Lopes ushbu qarorni oqlashi uchun juda qattiq harakat qilishiga to'g'ri keladi.

Urugvay terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-4-2, bazida 4-3-3 (hujumkor).



O'yin uslubi: bo'sh hududlarni qidirish, to'pga bir teginishda o'ynash.

Urugvayliklar qatiy 4 himoyachini ishlatishadi. Jamoa mudofaa payti 4-4-2ga qayta quriladi yoki 4-2-2-2ga, raqibga qarab.



Urugvayliklar bo'sh hududlarga yuqoridan paslar orqali yorib kirishni juda yaxshi ko'rishadi. Buni ko'proq Suares qiladi, ammo u ushbu vaziyatda boshqa rolni bajarmoqda – u orqasidan taqib qilayotgan eronlik himoyachini chalg'itgan holda oldinga yuzlanmoqda.




Urugvayliklar qanotdan juda faol tarzda tezlik olishadi.




O'ylangan sxema: orqaga burilib – bir teginishda pas.




Ko'plab hujumlar chiroyli kombinaciyalar bilan tashkil etiladi. "Moviylar" raqibning qurilishdagi chalkashliklaridan foydalanib, to'pga bir teginishda o'ynashga harakat qilishadi.






Urugvay tez-tez maydon markazida to'pni yo'qotadi va bu mudofaaning muvaffaqiyatsizligiga olib keladi, himoyachilarning joylashuvi esa ularni yuqori tezlikdagi hujumlarga qarshi mudofaasiz qilib qo'yadi.




Terma jamoa etakchilari


Federiko Valverde – bo'lajak etakchi.



Valverde ushbu mavsumda haqiqatdan ham ochildi. U "Real"da asosiy tarkibda joy olgan holda, juda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va Federikoning terma jamoada ham yangi darajaga chiqishini kutsa bo'ladi.

Unda ajoyib pleymeykerning eng yaxshi sifatlari bor, bundan tashqari Valverde o'zini mudofaa sifatlari bilan ham maydon markazida ajoyib his qiladi.

Qatar – Suares, Kavani va Godin uchun so'nggi katta turnir. Eskilarning o'rniga yangilari kerak va Valverde ulardan biri.




Ronald Arauxo – yangi Diego Godin.



Arauxo 23 yoshidayoq dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi. Uning "Barselona"da o'ynashiyoq ko'p narsadan dalolat beradi.

Unda katta salohiyat bor, ammo muammo ham – jarohatlarga moyillik.

Arauxo ko'plab poziciyadoshlaridan yaxshi tezlik olishi va to'p bilan ajoyib muomala qila olishi bilan ajralib turadi.

Transfermarkt Ronald Arauxoni 60 million evroga baholamoqda.


Luis Suares – tirik afsona.



Suares – Urugvay futbolining tirik afsonasi. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar (68ta gol), o'yinlar soni bo'yicha esa abadiy Diego Godindan so'ng ikkinchi o'rin (134ta o'yin)da turadi.

Gana bilan o'yinda hushtakka bir necha soniya qolgan jamoasini qutqarishidan tortib Angliya bilan o'yinlarda Suares o'z dubli bilan jamoani pley-offga olib chiqqan bahslargacha ko'plarini eslash mumkin.

Suares so'nggi Jahon chempionatida bor kuchi bilan harakat qilishga shubha yo'q.




Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: hujumdagi keskinlik, kuchli tarkib, atmosfera.

Zaif tomonlari: etakchilarga bog'langanlik.


Urugvayliklar har qanday vaziyatdan zarba berishga harakat qilishadi. Bu pas uchun pas beradigan jamoalardan emas. Ular pas berish kerak bo'lgan vaziyatni juda yaxshi his qilishadi. Hujumchilar ko'pincha yuqoridan paslar berilganda himoyachilar orasidan bo'sh hududga talpinishadi va bu shubhasiz jamoa taktikasining bir qismidir.

Kuchli tarkib, shubhasiz. Keling, Urugvay aholisi 3,5 mln odamni tashkil etishini unutmaylik, bundan tashqari, ularda hatto katta bo'lmagan Irlandiya yoki Belgiyanikiga yaqin futbol infrastrukturasi ham yo'q. Bu esa Urugvayning muvaffaqiyatini yanada qimmatli qiladi, chunki himoyadan o'ynaydigan Kosta-Rikadan farqli o'laroq, "moviylar" o'z futbolchilarining barcha iqtidorini ishga solib, chiroyli va hujumkor futbol ko'rsatishadi.

Terma jamoaning ichidagi atmosfera ham doim yaxshidek tuyuladi. Biz shunday sifatlarni kichik bo'lgan o'sha Islandiya yoki yana Kosta-Rikada ham ko'rishimiz mumkin. Aynan jamoaviy ruh JCH-2010dagi muvaffaqiyatlaridan biri bo'ldi va jiddiy inqiroz paytida 2014 yilda guruhdan chiqish imkonini berdi. Urugvay doim, hatto ular autsayder bo'lgan paytda ham g'alabaga harakat qiladi.

Urugvay futbolchining individual imkoniyatlariga juda ham bog'lanib qolgan. Jamoa qurilishi ularning eng kuchli jihatlariga qarab tuzilgan, shu sababi etakchilardan birining kutilmagan yo'qotilishi butun jamoa o'yiniga tasir qilishi mumkin. Urugvayda har qanday futbolchi ham qo'llay olmaydigan ko'plab hiylalar ishlatilinadi. Zaxira o'rindig'i har qanday chiziqni, ayniqsa yarim himoyachilarning o'rnini bosa olmaydi.


Taxminiy tarkib:



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика