So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Mundial 2022. Saudiya Arabistoni! Yangiliklar

Mundial 2022. Saudiya Arabistoni!

Saudiya Arabistoni!


Qatarning qo'shnisi bilan tanishamiz — Saudiya Arabistoni.


Taxallusi — "yashil lochinlar".

FIFA reytingida 51-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta boradi.


C guruhi. Raqiblar: Meksika, Polsha, Argentina.

1-tur, 22 noyabr. Saudiya Arabistoni — Argentina

2-tur, 26 noyabr. Polsha — Saudiya Arabistoni

3-tur, 30 noyabr. Saudiya Arabistoni — Meksika


Muvaffaqiyatlar


1994-yil. AQSHdagi Jahon chempionati.

Guruhdagi raqiblar: Niderlandiya, Belgiya va Marokash.

Niderlandiyalik tarixidagi eng yaxshi tarkiblaridan biri (25 yoshli Bergkamp, 21 yoshli Overmars, tajribali Raykard, sardor Kuman, yosh Van Der Sar va bosh murabbiy Dik Advokaat) qiyinchilik bilan o'yinning 86-daqiqasida Taumentning goli evaziga Yaqin SHarqdan kelgan debyutantlarni mag'lub etishdi.



Keyingi o'yin mudofaani "betonlaydigan" himoyachi Naybet Nureddini bor Marokash bilan edi, u o'sha paytda Liga 1da francuz hujumchilarining dahshatli tushiga aylangandi. Ammo, bu Liga 1da bo'lgan, Al Jaber va Anvar esa marokashliklarga ikkita gol urishdi, afrikaliklar esa bitta to'p bilan javob qaytarishdi.



Va nihoyat — Belgiya. Guruhdan chiqish uchun hal qiluvchi o'yin. Mudofaada Jorj Grin va yarim himoyada Enco SHifo bilan qattiq va jamoaviy o'ynaydigan Belgiya. Bu bo'yicha Saudiya Arabistoni tarixidagi eng yaxshi futbolchi Said Al Ovayran nima deb deb o'ylaydi, bilasizmi? Ko'ring.




Xo'sh, Saudiya Arabistoni sehr yordamida 1:0 hisobida g'alaba qozondi va o'zining birinchi Jahon chempionatida pley-offga chiqdi.

"Lochinlar" 1/8 finalda Andersson va Larsson uchun tarix yaratilgan SHveciya bilan uchrashishdi. O'yin saudiyaliklarning 1:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi, shvedlar esa yarim finalga qadar etib borishdi va bolgarlardan bronzani qo'lga kiritishdi.




Saudlar 1994 yilgi JCHda shunday yorqin debyut qilishdi. Bu Saudiya Arabistoni uchun ilk va so'nggi bor pley-offga chiqish bo'ldi, qolgan to'rtta musobaqa unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi va guruh bosqichida yakunlandi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Erve Renar — futbol bo'yicha Saudiya Arabistonining bosh murabbiyi.



Zamonaviy va "shafqatsiz" franciyalik mutaxassis Afrika va Yaqin SHarqdagi terma jamoalar bilan ishlashda boy tajribaga ega.

Erve o'zining 23 yillik murabbiylik faoliyatida ikki bor Afrika millatlar kubogini yutgan, avvaliga 2012 yilda Zambiya bilan, so'ngra 2015 yilda Kot-d'Ivuar bilan. 2016 yilda Marokash terma jamoasini qabul qilib olgan Renar ular bilan 2017 yilgi Afrika millatlar kubogining chorak finaliga qadar etib bordi, shuningdek 20 yilda ilk bor jamoani JCH final bosqichiga olib chiqdi. Renar Saudiya Arabistonini 2019 yildan beri boshaqrmoqda. Individual yutuqlar: 2012, 2015 va 2018 yillarda Afrikaning eng yaxshi murabbiyi. Zambiyaning faxriy fuqarosi.

Havas qilarli yutuqlar ro'yxati, to'g'rimi?

Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'yin sxemasi: 4-2-3-1, bazida 4-3-3.



O'yin uslubi — to'p bizda ekan, bizga gol urishmaydi.

Saudlar to'pni maksimal tarzda ushlab turishga va ko'p uzatmalar amalga oshirishga harakat qilishadi. Ular hujumda oddiy o'ynashadi, aniqrog'i qanot himoyachilarining qo'shilish imkoniyatini kutishadi va to'pni qanotga uzatishadi, keyin esa to'pni havolatib uzatish, zarba, pas... nima qilib bo'lsa ham to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga olib kirish kerak. Pastda siz saudlarning odatiy hujumini ko'rishingiz mumkin va jamoaning qurilishiga etibor bering — bir hujumchi joy olgan odatiy sxema, ammo pozicion hujumlarda jamoa tez-tez 4-2-2-2ga o'tadi, to'g'rirog'i ikki hujumchi sxemasiga.



Saudiya Arabistoni o'yinining o'ziga xos jihati — juda boy maydon markazida. Ikki tayanch xavbeki doim markaziy himoyachilarga yaqinlashgan holda mudofaa blokida o'ynaydi, shu bilan birga hujum orqadan va nomuntazam qo'llab-quvvatlanadi.

Saudlar tez-tez raqib hujumining boshlang'ich bosqichida jamoaviy pressingni ishlatishadi. Misol uchun yana o'sha Yaponiyaga qarshi JCH saralashi doirasidagi o'yindan vaziyat. "Lochinlar" raqibni yopish yoki uzatmani to'xtatish uchun hujum rivojlantirishning barcha mumkin bo'lgan variantlarini nazorat qilishga harakat qilmoqda. Aytgancha, ushbu taktika yaponlar bilan ajoyib tarzda ishlagan.



Agar raqib hujumi "ildiziga bolta urish"ning iloji bo'lmasa, jamoa pozicion mudofaaga o'tadi va unda 6 o'yinchi faol ishtirok etadi. Qanot kutib oladi, tayanch o'z poziciyasini yopadi — klassik vaziyat, barchasi oldingidek.



Saudiya Arabistoni — jismonan kuchli jamoa. U o'yin falsafasi bo'yicha hayron qoldirmasa ham, raqibdan ildamlab ketish, yoki ikkinchi qavatda jiddiy sinovni taklif qilishi mumkin.


Ushbu jamoani tahlil qilishda shuni qayd etish kerakki, saudlar — uy jamoasi (mehmondagi so'nggi 6ta o'yinda atigi 1ta g'alaba). SHu munosabat bilan, "lochinlar"ning Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari yomon bo'lgan Qatar hududida o'ynashi uch karra qiyinroq bo'ladi.


Terma jamoa etakchilari


Saudiya Arabistoni terma jamoasining tarkibi ham Qatarniki singari to'liq milliy liga, aniqrog'i Saudiya Arabistoni Premer-ligasi o'yinchilaridan tashkil topgan.

Salim Al Dosari — jamoaning eng ishonilayotgan o'yinchilaridan biri.



"Arab Neymari" "Al Hilol"dan tashqari La Ligada "Vilyarreal" tarkibida 33 daqiqa o'ynagan va bu "yashil lochinlar" uchun yomon natija emas.

Al Dosari o'z sheriklari fonida texnikasi va o'yin intellekti bilan ajralib turadi. 30 yoshli yarim himoyachining eng yaxshi yillari ortda, ammo u hali ham terma jamoa va klubning o'zgartirib bo'lmas o'yinchilaridan. Futbolchi Premer-ligada har mavsum muntazam ravishda "gol+pas" tizimida 10 ochko jamg'aradi.

Salimning yarim yil oldin qaychi uslubida bergan zarbasini va ijrodagi texnikaga etibor qarating:




Raqiblar ushbu yigitni qattiq qo'riqlashlari kerak, u gollar urishni biladi.


Fahad Al Muvallad — muxlislarning afsusi va umidi.



Fahaddan juda ham ko'p narsalar kutishgan edi. 6 yoshidayoq "Barselona" skauti uni kuzatgan, mahalliy OAV esa bolakayni barcha tomondan yoritgan. Saudlar uning mamlakatlaridan chiqadigan ilk katta futbol yulduzi bo'lishiga umid qilishgan edi.

Nima ham deyish mumkin — o'xshamadi. Nima bo'lganda ham, hozircha. Hujumchi 2018 yilgi JCHda o'z vatandoshlarini juda ham afsuslantirdi. Muxlislar hamyurtlaridan ko'p narsa kutishgan edi va uni "iroda yo'qligi"da ayblashdi. SHunisi etiborga loyiqki, futbolchining statistikasi Rossiyadagi JCHdan so'ng sezilarli darajada pasayib ketdi — ehtimol barcha gap jarohat, balki tanqid, balki yigitga berilgan etibordadir.

Hujumchi atigi 27 yoshda va unda o'zini to'liq ko'rsatish uchun barchasi bor. Unda motivaciya bo'lishi kerak.

Aytgancha, Fahad yana Osiyoning eng tez o'yinchisi (Vikipediya talqini bo'yicha).

Bu erda esa Al Muvalladning 2017 yildagi ajoyib golini tomosha qilishingiz mumkin:




Sulton Al Ganam — Saudiya Arabistoni terma jamoasining eng qimmat futbolchisi (3,5 mln evro, transfermarkt talqini bo'yicha).



28 yoshli o'ng qanot himoyachi "Al Nasr"da o'ynaydi. O'yin uslubi bo'yicha Xaver Zanettini eslatib yuboradi: faol, hamma joyda paydo bo'ladi, universal, qanotni boshidan oxirigacha yopadi. U qanday chiroyli gol urishni biladi:




Qisqasi: 80% aniq uzatmalarga ega ishonchli himoyachi va atigi 14% to'pni yo'qotish.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: jismoniy holat, standart vaziyat, jamoaviylik.

Kuchsiz tomonlari: o'yinchilarning past darajasi, muxlislarning bosimi, hujumdagi oddiy o'yin.

Qatardan farqli ravishda Saudiya so'nggi JCHda ishtirok etgan. Albatta, bu katta ustunlik bo'lmaydi, ammo shunday qisqa turnirda qanday harakat qilish kerakligini tahlil qilish va tushunish uchun biroz zamin yaratadi.

Balki, saudlar va qatarliklar o'rtasida hukm surayotgan siyosat sabab jamoalar "shafqatsiz" o'yin ko'rsatishar. Ammo, bu asosiysi emas. Asosiysi — futbol. Saudiya Arabistoni Osiyo mintaqasidagi jamoalar bilan o'ynashni yaxshi o'rgangan, ammo ularga hujumkor futbolga ega notanish jamoalarga qarshi o'ynash qiyin. Bundaylar esa ko'p. Saudlar iyunda ikki bor janubiy amerikaliklarga imkoniyatni boy berishdi: avvaliga Kolumbiyaga (0:1), so'ngra yana shu hisobda Venusuelaga. Ikki o'yin ham bir xil scenariyda o'tdi, saudlar hujumga o'tishga harakat qilishdi, ammo bu samara bermadi. Jamoada rangbaranglik yo'qligi o'rganishlar natijasida malum bo'ldi, shu sabab vaziyatlar yaratishda muammolar bor.

Ammo, shuni aytish joiz, "yashil lochinlar" muvozanatli va jismonan juda kuchli jamoa. Yuqoridagi kurashlarda yaxshi harakat qilish va o'yinchilarning jamoaviy harakatlari terma jamoaga qo'l kelishi mumkin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика