So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Mundial 2022. Kosta-Rika! Yangiliklar

Mundial 2022. Kosta-Rika!

Kosta-Rika!


Taxallusi – "los tikos"

FIFA reytingida 31-o'rin.

Jahon chempionatiga oltinchi marta boradi (1990, 2002, 2006, 2014, 2018, 2022).


E guruhi. Raqiblar: Ispaniya, Germaniya, Yaponiya.

1-tur, 23 noyabr. Ispaniya — Kosta-Rika

2-tur, 27 noyabr. Yaponiya — Kosta-Rika

3-tur, 1 dekabr. Kosta-Rika — Germaniya


Muvaffaqiyatlar


Markaziy Amerikaning eng hayratda qoldiradigan jamoasi so'nggi 9ta JCHdan 6tasida ishtirok etgan. "Los tikos" 2014 yilda sensaciya qayd etgan holda, chorak finalga qadar borishga erishgan.



Kosta-Rikaliklar Angliya, Italiya va Urugvay bilar bir guruhdan joy egallashgandi. Ushbu kuchli guruhda ular yaqqol autsayder sifatida ko'rilishgan edi, ammo bunday bo'lmadi.

Kosta-Rika ilk o'yinda Urugvay bilan uchrashdi.

Favorit sifatida qaralgan Urugvay faolroq boshladi: 24-daqiqadayoq Edinson Kavani penaltini aniq ijro etgan holda, hisobni ochdi. Birinchi taym urugvayning minimal ustunligi bilan yakunlandi. Tanaffusda esa barchasi 180 gradusga o'zgarib ketdi: kosta-rikaliklar raqibga bosimni kuchaytirishdi va bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi va 54-daqiqada Xoel Kempbell hisobni tenglashtirdi. O'yin endi biroz tinchlanadigandek tuyulgan edi, ammo Kosta-Rika boshqacha o'ylayotgandi – 57-daqiqada Oskar Duarte bosh bilan chiroyli gol urgan holda "los tikos"ni oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada esa Markos Urenya yakuniy hisobni o'rnatdi – Kosta-Rika foydasiga 3:1.




Kosta-Rikaliklar ikkinchi turda Italiya bilan uchrashishdi.


Xorxe Luis Pino (Braziliyadagi JCHda Kosta-Rika murabbiyi) nufuzli raqibga qarshi hujumda o'ynashga qaror qildi va bu taktika o'zini oqladi. Teng o'yinda ikki jamoa ham gol urishi mumkin edi, ammo buni 44-daqiqada birinchi bo'lib Brayan Ruis qildi va bu o'yinda yagonaligini saqlab qoldi. Kosta-Rika shu sabab pley-offga yo'llanmani naqd qildi.




Kosta-Rika uchinchi turda Angliya bilan o'ynadi.

O'yin unchalik ham ahamiyatsiz edi – Angliya guruhda qolib ketgan, Kosta-Rika esa katta ehtimol bilan birinchi o'rin bilan chiqib bo'lgandi. "Los Tikos" birinchi o'rinni aniq egallash uchun durang o'ynashi ham kifoya edi, bu esa uning 1/8 finaldagi taqdirini osonlashtirardi. Ular bu ishni uddalashdi. Zerikarli o'yin durang bilan yakunlandi – 0:0.

Kosta-Rika sensacion tarzda qiyin guruhda g'olib chiqdi.




1/8 finaldagi raqib – Greciya.

Greciya kosta-rikaliklar uchun eng oson raqib bo'lishadigandek ko'rindi. Ammo, maydonda bunday bo'lmadi.

Jamoalar asosiy vaqtda g'olib nomini aniqlay olishmadi. Kosta-Rika 90-daqiqaga qadar hisobni ochishga harakat qildi, ammo greklar o'yinni qo'shimcha vaqtlarga qadar olib bora olishdi. Overtaymlar "los tikos"ga qiyinchilik tug'dirdi, unda raqib mutlaq ustunlikka erishdi va bir necha bor gol urishi mumkin edi, ammo bu Keylor Navas sabab ro'y bermadi va u penaltilar seriyasida ham qahramonlik ko'rsatdi. SHunday qiyin vaziyatda Kosta-Rika o'zi uchun tarixdagi eng yaxshi natija – chorak finalga chiqdi.




1/4 finalda Niderlandiya to'qnash keldi. Kuchli raqib.

Butun o'yin davomida kosta-rikaliklarga hamrohlik qilgan omadni so'z bilan tariflash qiyin. Bu omad va Keylor jamoaning penaltilar seriyasiga qadar etib borish imkonini berdi, bu safar omad raqiblarga kulib boqdi.




Kosta-Rika uchun 2014 yilgi mundial shunday ajoyib o'tdi.


Murabbiy va o'yin uslubi


Luis Fernando Suares – futbol bo'yicha Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi.



Kolumbiyalik mutaxassis jamoani 2021 yilning yozidan beri boshqaradi.

Suares Kosta-Rikaga qadar Gonduras va Ekvador termalarida ishlagan. Ekvador bilan hatto 2006 yili Germaniyadagi JCHda tarixiy natija bo'lmish 1/8 finalga chiqqan.

Murabbiy Lotin Amerikasi davlatlari bilan yaxshi tanish. Klub va terma jamoalar bo'yicha olsak u olti mamlakatda ishlashga ulgurgan: Kolumbiya, Ekvador, Peru, Gonduras, Meksika, va Kosta-Rika.

Kosta-Rika terma jamoasi o'yin uslubi: 4-2-3-1, kamroq 5-4-1 va 4-3-3.



Besh himoyachi bilan mudofaaga asoslangan variant amerikaliklarga qarshi o'yinda g'alabani taminladi.



O'yin uslubi – to'psiz o'yin, supermudofaa qurish.

Kosta-Rika deyarli barcha o'yinlarda to'pni raqibga beradi. Bu bazida juda dahshatli ko'rinadi, masalan: Panamaga qarshi o'yinda 36%, AQSHga qarshi 35% va Meksika bilan o'yinda hatto 28%.

"Los tikos"ni himoya qilgan holda aytish kerakki, bunday taktika natija olib keladi, JCH saralashi esa buni tasdiqlaydi. Kosta-Rika aqlli pressing qilishni va qarshi hujumlarga qochib ketishni biladi – bularning barchasi qanotdagi agressiv o'yin sabab. Quyida namuna keltiramiz – chap qanot himoyachi raqibni maydon markazida kutib olgan holda, uni ko'k va qizil rangli o'yinchilar bilan to'lib-toshgan markaziy hudud orqali o'ynashga majbur qiladi.



Kosta-Rika tez-tez o'yinning o'zida o'zgaradi. 4-3-3 sxemasini 5-4-1ga o'zgartirish ular uchun oddiy ish.


Kosta-rikaliklar imkon bo'lishi bilan darvoza tomonidan zarba beradigan avstraliyaliklardan farqli ravishda yuqoridan to'pni uzatishni ham erkin hududni ko'rganlaridan so'ng qilishadi. Bunda mantiq bor, ayniqsa siz deyarli to'psiz o'ynayotgan bo'lsangiz.





Terma jamoa etakchilari


Keylor Navas – dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri.



Terma jamoada 107ta o'yin o'tkazgan Kosta-Rika terma jamoasi sardorini tanishtirishning hojati yo'q. "Real" bilan klub miqyosidagi barcha sovrinlarni yutgan Madrid klubi sobiq futbolchisi va hozirda PSJda harakat qilayotgan posbon. Pantera – Navasni ajoyib reakciyasi va sakrash qobiliyati sabab shunday nomlashadi. Navas o'zining eng yaxshi taxallusini deyarli 10 yil oldin olgan bo'lsa ham, hozirda 35 yoshligida yuqori darvozabonlik o'yinini saqlab turibdi.

Yaqinda darvozabon Salvadorga qarshi o'yinda jamoasini qutqarib, g'alabali hisobni saqlab qoldi.




Xoel Kempbell – kosta-rikaliklarning hujumdagi bosh kuchi.



"Arsenal" sobiq o'yinchisi hali ham Kosta-Rikaning hujumdagi eng o'tkir futbolchisidir.

Xoel 30 yoshda, ammo uning qo'qqisdan oladigan tezligi va kuchli zarbasi hali ham joyida. Kempbell terma jamoada 117ta o'yin o'tkazgan holda, 25ta gol urdi. U Kosta-Rika uchun o'zgartirib bo'lmas futbolchi bo'lib qolmoqda va Qatarga borishi kerak.

SHuni unutmasligimiz kerakki, aynan Kempbellning goli Kosta-Rikaga mundial yo'llanmasini taqdim etdi.


Fransisko Kalvo – mudofaaning muhim o'yinchisi.



180 sm bo'yga ega bo'lgan 30 yoshli markaziy himoyachi. O'zining gavdasi kattaligi bilan maqtana olmaydigan Fransisko havoda yaxshi o'ynaydi va muntazam ravishda bosh bilan gollar uradi.

Kalvo – tezkor, taktik jihatdan aqlli futbolchi. U markaziy zonadan tashqari mudofaaning chap qanotida o'ynay oladi. U jamoaning mudofaa o'yinida muhim ahamiyatga ega, terma jamoada 74ta o'yin o'tkazgani bundan dalolat beradi.


Kuchli va zaif tomonlari


Kuchli tomonlari: tezlik, havodagi kurash, intizomlilik.

Kuchsiz tomonlari: o'yinchilarning o'rtacha darajasi, yosh, hujumdagi variantlar.


Kosta-rikaliklar jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan. O'yinning katta qismida to'psiz o'ynashsa ham, kuchlari 90 daqiqaga etadi. O'tgan JCH statistikasiga ko'ra, Kosta-Rika – Braziliyadan tashqari SHimoliy va Janubiy Amerikada eng ko'p yugurgan terma jamoa.

Havodagi o'yin – "los tikos" futboli uchun mudofaa va hujum kabi muhim bir qism.

Intizom ham kosta-rikaliklar uchun muhim jihat. Ularning tajribasi va jamoaviylik bir-birlarini ajoyib tarzda tushunishga olib keladi. O'ngga yaqin futbolchilar terma jamoa safida 60 va undan ortiq o'yin o'tkazishgan, bundan tashaqri, ko'plab futbolchilar mahalliy chempionat bilan tanish.

Agar JCH-2018 uchun maqola yozilganda, hozirgi shaxslar deyarli o'zgarmagan bo'lardi. SHuningdek hozirda zaxira o'yinchisi hisoblanadigan Brayan Ruis terma jamoaning ko'p yillik sardori hisoblanadi. Tushunarliki, 37 yoshli o'yinchi oldingidek jamoa o'yiniga tasir o'tkaza olmaydi, ammo hali ham jamoaning muhim qismi bo'lib qolmoqda.

Yosh – Kosta-Rikaning jiddiy muammosi. Avlodlar almashinuvi cho'zilmoqda, eski o'yinchilarni to'ldira oladigan yosh futbolchilar deyarli yo'q. Buning ajablanarli joyi yo'q, Kosta-Rika aholisi taxminan 5 million kishini tashkil qiladi, bunday mamlakatlar ko'pincha shunga o'xshash muammoga duch kelishadi.

O'yinchilarning o'rtacha darajasi yuqori emas. Hozirda Evropada faqat ikki o'yinchi o'ynamoqda – Keylor Navas (Franciya) va Fransisko Kalvo (Turkiya).  Jamoaning katta qismi Kosta-Rika chempionatida o'ynaydi, shuningdek ikki o'yinchi MLSda harakat qiladi.

Kosta-Rika hujumdagi o'yinda kam variantlarga ega. Jamoa to'psiz o'ynashga o'rgangan, shu sabab bu g'alaba qozonish kerak bo'lganda noqulaylik tug'diradi. Jamoa bunday vaziyatlarda raqib to'pni yo'qotishi va qarshi hujumga qochish uchun pressingni kuchaytiradi. Ammo, jamoa pozicion hujum qilishi kerak bo'lsa, qanday o'ynash borasida muammolar tug'iladi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика