So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Mujtaba Husayni: "Bunyodkor"ning o'yinini o'rganib chiqdik" Yangiliklar

Mujtaba Husayni: "Bunyodkor"ning o'yinini o'rganib chiqdik"

Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ohan” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Eron klubi bosh murabbiyi Mujtaba Husayni va klub azosi Muhammad Nujad Mehmed o'z fikrlarini aytib o'tdi.

“OCHL turnirining dastlabki 2 o'yinida qayd etilgan natijalar “Bunyodkor” va “Zob Ohan” uchun bo'lajak uchrashuvning qanchalik muhimligini bildirib turibdi. SHuning uchun ertaga ikkala jamoa ham ijobiy natija uchun maydonga tushadi. “Bunyodkor” o'yinini o'rganib chiqdik. Ularning aynan qaysidir chizig'ini alohida ajrata olmayman, ularda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Lekin Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov va Vadim CHemirtan kabi futbolchilarni alohida takidlab o'tish mumkin.

Biz dastlabki ikki turda atigi 1 ochko jamg'ardik, ammo bundan tushkunlikka tushmaymiz. Qolgan uchrashuvlarda vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Tarkibimizda bitta futbolchi maydonga tusha olmaydi. Biz o'zbek klublariga qarshi ko'p o'ynaganmiz. Lekin ular ortda qoldi va har bir bahs tarixda qoladi. Biroq ularga qarshi oldingi o'yiinlarda to'plagan tajribamiz ertaga yordam beradi, deb umid qilaman”, – dedi “Zob Ohan” bosh murabbiyi.   

“Ertaga har ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi. SHuning uchun ertaga yaxshi va o'z navbatida qiyin o'yin bo'lishi aniq”, – dedi Muhammad Nujad Mehmed.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ohan” bellashuvi ertaga, 13 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика