So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Muhsin Nizomiddinov: "Hamma vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, hisob boshqacharoq ko'rinish kasb etgan bo'lardi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "Hamma vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, hisob boshqacharoq ko'rinish kasb etgan bo'lardi"

Pro liga 16-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Andijon-SGS" (5:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yin men kutgandek bo'ldi. Ob-havo ham shunga yarasha bo'ldi. Besh-oltita ajoyib imkoniyatimiz bo'ldi. Hamma vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, hisob boshqacharoq ko'rinish kasb etgan bo'lardi.

- Birinchi taym raqib yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo'limda esa "Qo'qon-1912" jamoasi tashabbusni qo'liga oldi. Biroq himoyachilar va darvozabonimiz bugun unchalik ham yaxshi harakat qila olishmadi. Bu kamchiliklar ustida ishlash kerakmikan?

- To'g'ri aytasiz, bu shunaqa o'yin. Superliga va Pro ligada finishga qarab ketilyapti. Kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Futbolda 16 yoshli o'yinchi ham futbolchi, 40 yoshli o'yinchi ham futbolchi. Bizda himoya, hujum va yarim himoyada muammo bor edi. Deyarli yarim jamoamiz bu o'yinga isitma bilan chiqdi. Ularga rahmat aytamiz. Himoyada kichik tartibsizlik bo'ldi.  Xatolar ustida albatta ishlaymiz. Yigitlar kasal hollarida ham shunchalik o'yin ko'rsatishdi. Anvar Xojimirzaev to'rtta gol urdi, unda yana to'rtta gol urish imkoniyati bo'lgandi. O'z sog'liqlarini keyingi o'ringa qo'yib, jamoa uchun chiqib maydonda ter to'kkanlari uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика