Muhsin Nizomiddinov: "Davralar oralig'ida bazi narsalarni o'zgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz"

Khoja
26 iyun 2024, 09:26
Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Sho'rtan" uchrashuvidan so'ng (0:3) mezbonlar bosh murabbiy Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Assalomu alaykum, barchaga. O'yini barcha ko'rdi, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujum qildik, etarli darajada vaziyatlar yaratdik, afsuski bizga so'nggi uchrashuvlarda omad yetishmayapti. Do'stlikka qarshi uchrashuvdan so'ng bir hafta davomida yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, futbolchilarga kerakli vazifalarni berdik, biroq bugun ham nimadir yetishmadi. Hujum qilib turib, o'zimizning xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubormoqdamiz.

Futbolchilar ham maksimal darajada o'ynashga intilishmoqda, biroq ularning darajasi ham shu ekan. Biz mavsum boshida yoshlar bilan ishlashni maqsad qilgandik, ularga imkon berdik, ammo ular ko'p hollarda bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Davralar oralig'ida bazi narsalarni o'zgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz.

Davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib boramiz. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun maksimal darajada harakat qilamiz.

Maqsadimiz o'zgarmagan - biz superliga uchun kurashni davom ettiramiz.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia