Muhsin Nizomiddinov: "Muxlislardan uzr so'rayman. Bu mening xatom"

Оқил Абдубарноев
29 may 2024, 00:44
Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Aral" uchrashuvidan so'ng (1:2) mezbonlar bosh murabbiy Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Avvalambor, Qo'qondan kelib, jamoani qo'llab-quvvatlayotgan muxlislardan uzr so'rayman. Bu xato meniki. Xatoni takrorlamaslikka harakat qilamiz. 

- Qo'qonlik futbolchilarda bugungi o'yinda shijoat yetishmadi?

- Buxoroda yaxshi o'yin namoyish etgandik. Bazi futbolchilar shamollab qolishgan. Bu bahona emas, balki aybimiz. Yigitlar tiklanishga ulgurmadi. Shunga qaramay, shogirdlarim borini berishdi. Hujumlardan unumli foydalana olmadik. "Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz ikkita vaziyatdan ikkita gol urdi. Bizning hujumchilarda esa aniqlik yetishmadi. Pressingimiz o'xshagani qaramay, gol urishda muammoga duch keldik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia