So’nggi yangiliklar

17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  0 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0

Muhsin Muhammadiev: "Istefo? Jamoa mag'lub bo'lsa muxlislar norozi bo'lishlari tabiiy" Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: "Istefo? Jamoa mag'lub bo'lsa muxlislar norozi bo'lishlari tabiiy"

"Buxoro" - "Metallurg" (1:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bunday yirik hisobda mag'lubiyatga uchrash juda ham alamli. Agar birinchi taymda o'yinimiz futbolga o'xshagan bo'lsa-da, ikkinchi taymda penaltidan gol o'tkazib yuborganimizdan keyin jamoamiz butunlay "parchalanib" ketdi. Afsuski shunday bo'lib turadi, barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman. Hisob o'yinga mos emas. Penaltidan gol o'tkazganimizdan keyin o'yinni tashlab qo'ydik va oldinga qarab yugurdik. Takrorlayman natijaga bosh murabbiy aybdor", - deydi Muhammadiev.

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin buxorolik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda negativ fikrlar yozishmoqda. Sizning ketishingizni so'rashmoqda...

- Muxlislar sevimli jamoasi mag'lub bo'laversa har doim norozi bo'lishadi. Sal oldin ham aytdim, barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman.

- "Mashal" yaratib bergan sharoitlar haqida qanday fikrdasiz?

- SHaroitlar yaxshi faqat maydondagi maysa juda baland. Bu ikkala jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi.

- Legionerlar qachon kelishadi?

- Yangiliklarni kuzatib borasizmi? Yo'llar yopiq bo'lsa qanday kelishadi? Aviaqatnovlar yo'lga qo'yilsa kelishadi.



Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика