So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  9 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  11 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Nodirbek Ahmadjonov: "Buxoro"ning tarixiga hissa qo'shganimdan baxtiyorman, finalda ham gol urishni niyat qilganman" Yangiliklar

Nodirbek Ahmadjonov: "Buxoro"ning tarixiga hissa qo'shganimdan baxtiyorman, finalda ham gol urishni niyat qilganman"

Kechagi kun "Buxoro" uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi.

Klub o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogi finaliga chipta qo'lga kiritdi. "So'g'diyona" bilan kechgan gollarga boy o'yinda Aleksandr Xomyakov shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Hali qiluvchi muhim golni 21 yoshli Nodirbek Ahmadjonov raqib darvozasiga joyladi. Tabiiyki, o'yindan so'ng uning taassurotlarini tingladik. 


"O'yin juda qiziqarli bo'ldi deb o'ylayman. "Buxoro" birinchi marotaba finalga chiqdi va bunga hissa qo'shganimdan xursandman. Menga berilayotgan ishonchni oqlashga va unumli foydalanishga harakat qilyapman. Jamoamizning barcha muxlislarini tarixiy g'alaba bilan tabriklayman. Finalda ham gol urishni niyat qilganman. 

Bosh murabbiyimiz imkoniyat berdi. Faoliyatim davomida ilk bor yarim finalda o'ynadim, masuliyatli uchrashuv edi. Debyut golim bo'ldi. Buning uchun ota-onamga katta rahmat aytaman. Ularning duosi bilan shu ergacha etib keldim. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman",- deydi Nodirbek Ahmadjonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика