So’nggi yangiliklar

16:06Рэшфорд яна "Барселона" машғулотларини ўтказиб юборди  2 15:35Назорат ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасига қарши ўйинда 0:4 ҳисобида мағлуб бўла туриб, якунда дуранг қайд этди  1 15:02"Арсенал" норвегиялик ҳужумчини нишонга олди  3 14:20"Ливерпуль” Англия терма жамоасининг янги юлдузини трансфер қилишга келишиб олди  4 13:37Пулишичга “Арсенал”, МЮ ва "Тоттенхэм" қизиқмоқда. "Милан" хавбекни 70-80 млн еврога сотишга тайёр  7 13:10“Ман Сити”, “Ливерпуль” ва “Ман Юнайтед” кузатаётган футболчи 100 млн еврога баҳоланмоқда  5 12:34Шомуродов яна тўпурарлар жадвалида биринчи ўринга қайтадими? Бугун Туркияда Истанбул дербиси бўлиб ўтади, унда ҳамюртларимиз иштирок этади  9 12:27"Манчестер Сити" Игор Тиагони ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:54"Бавария" Виктор Осимхенни сотиб олиши мумкин  0 11:25Ўзбекистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси "Андижон"га ўтмоқда  10 11:22Жозе Моуринью Португалия терма жамоасини бошқаради  5 10:50Ёрқин Назаровга янги мавсумда беларуслик мураббий кўмаклашади  1 10:05Арне Слот: "VAR фақат аниқ ҳолатларда ишлаши керак"  3 09:50Владимир Бубаня: "Андижон" билан кечган сценарийни яна такрорлашни истайман"   1 09:07Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов кеча неча баҳо олди?  4

Superliga. "Nasaf" "Xorazm" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" "Xorazm" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Xorazm" uchrashuvi yakunlandi.

"Nasaf" – "Xorazm" 2:1

25.09.2025

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Akmal Giyasov

Zaxira hakami: Mamur Ilhomov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Abdurashid Xudayberganov

AVAR: Edita Mirobidova

Komissar: Feruz G'aniev

Gollar: 0:1 – 45, Shahrom Samiev (Rustam Abduhamidov), 1:1 – 45+1, Sharof Muhiddinov (Dragan Cheran), 2:1 – 80, Sherzod Nasrullaev (Oybek Bozorov)

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov (92.Umar Eshmurodov, 76), 8.Zafarmurod Abdirahmatov (28.Shuhrat Muhammadiev, 63), 9.Javohir Sidiqov (24.Sardor Bahromov, 63), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 19.Stefan Cholovich (17.Suhrob Nurulloev, 63), 20.Yusuf Otubanjo (18.Husayn Norchaev, 46), 22.Igor Golban, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyor Abdunazarov, 71.Javohir Ubaydullaev

"Xorazm": 1.Mashhur Muhammadjonov, 2.Diyor Ortiqboev, 6.Abbos Otaxonov, 8.Hazrat Tursunqulov, 11.Humoyunmirzo Iminov (9.Jasur Azimov, 81), 15.Vladimir Bubanya, 18.Iskandar Shayqulov (4.Farruh Ibrohimov, 46), 22.Asadbek Saitxonov (7.Temur Ismoilov, 59), 88.Abror Xo'sinov, 94.Rustam Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 81), 99.Shahrom Samiev (77.Sunnatulla Abdullajonov, 89)

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Danila Ejov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov

Ogohlantirishlar: Diyor Ortiqboev (19), Jasur Azimov (89), Abduvohid Nematov (90+6)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. "Xorazm" jarima zarbasi ishlab oldi. Xo'sinovning uzatmasini Cheran bartaraf etdi. Keyingi hujumdagi zarbani esa – Nochaev.

90+2. Bozorovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

89. "Xorazm" tarkibida o'zgarish va ogohlantirish.

88. Norchaev raqib jarima maydonida aniq zarba yo'llay olmadi.

85. Muhammadievga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

81. "Xorazm" tarkibida ikki o'zgarish.

80. GOL! Nasrullaev "Nasaf"ni hisobni oldinga olib chiqdi! Mezbonlarning himoyachisi Bozorovning pas

79. "Xorazm" rasmiylaridan biri etiroz uchun ogohlantirildi.

76. "Nasaf" tarkibida o'zgarish.

74. Xavfli vaziyat! Cheranning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yo'liga Otaxonov to'g'anoq bo'ldi.

71. Norchaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

70. Zarba! Norchaevning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Muhammadjonov qaytardi, ikkinchi urinishda esa to'pni egalladi.

69. Zarba! "Xorazm"ning tezkor qarshi hujumi Ismoilovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo "Nasaf" himoyachisi to'pga "blok" qo'ydi.

68. Davronovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. "Nasaf" tarkibida birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.

61. Xavfli vaziyat! Abduhamidovning uzatmasidan so'ng Samiev noaniq zarba yo'lladi.

59. "Xorazm" tarkibida o'zgarish.

57. Zarba! Tursunqulov "Nasaf" jarima maydonida dribling evaziga bir raqibini ortda qoldirib, zarba yo'lladi, Nematov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

56. "Xorazm"ning burchak uzatmasi bartaraf etildi.

54. Xavfli vaziyat! "Nasaf" o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jarima uzatmasidan so'ng Norchaevning zarbasini Muhammadjonov qiyinchilik bilan qaytardi, keyingi urinishda mezbonlar zarba yo'llay olmadi.

51. "Nasaf"ning qanotdan tashkil etilgan xavfli hujumini yordamga kelgan Abduhamidov bartaraf etdi.

49. Cheran hujumda qoidabuzarlik sodir etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+1. GOL! "Nasaf" tezkor javob qaytardi! Goldan keyingi ilk hujumdayoq Cheranning ikkinchi qavatdagi ustunligi sabab undan to'pni qabul qilib olgan Muhiddinov kuchli zarba bilan "Xorazm" darvozasiga yo'l topdi.

45. GOL! "Xorazm" hisobni ochdi! Tezkor qarshi hujum natijasida Abduhamidovning uzatmasini Samiev bosh bilan "Nasaf" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

45. Zarba! Cheran "Xorazm" darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasini Muhammadjonov qaytardi.

Gol inobatga olinmadi. O'yindan tashqari holat qayd etildi.

38. GOL! GOLban "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi! Mezbonlar himoyachisi Nasrullevning uzatmasini bo'sh darvozaga kiritishda muammoga duch kelmadi. Hakam VAR bilan ehtimoliy ofsaydni muhokama qilmadi.

37. Cholovich o'ng qanotdan olg'a borib, jarima maydoniga pas berdi, biroq to'p Bubanyadan o'tmadi.

33. Zarba! Bozorovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo birozgina aniqlik etishmadi.

32. Zarba! Cholovichning olisdan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq.

31. Xavfli vaziyat! Abduhamidov chap qanotdan "Nasaf" jarima maydoniga kirib borib, markazga pas berdi, ammo Tursunqulov bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. Unga raqib himoyachisi xalal berdi.

28. Maydon holati yaxshi emasga o'xshaydi, sababi ikki jamoa futbolchilari ham to'pni bo'ysundirishda bir necha marotaba xatoga yo'l qo'yishdi.

26. "Xorazm" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

25. Xo'sinovning burchak uzatmasini Nematov mushti bilan urib yubordi.

24. Zarba! Tursunqulovning olis masofadan yo'llagan zarbasini Nematov qaytardi. "Xorazm" burchak zarbasi ishlab oldi.

23. Muhiddinovning chap qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

21. Zarba! "Xorazm"ning navbatdagi hujumi ham xavfli ko'rinish oldi va Samievning zarbasi bilan yakunlandi. Tojikistonlik futbolchi urinish chog'ida qulay holatda bo'lmagani sababli kuchli zarba yo'llay olmadi, Nematov to'pni qiyinchiliksiz egalladi.

19. Sidiqov bir nechta raqibi orasidan yorib o'tayotgan paytda Ortiqboev tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi. Oqibatda "Xorazm" himoyachisi ogohlantirildi. 

17. Zarba! Iminov chap qanotdan "Nasaf" jarima maydoniga kirdi va markazga pas berdi, natija Tursunqulovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo unga omad kulib boqmadi.

15. Xavfli vaziyat! "Xorazm" futbolchisining o'ng qanotdan uzatmasi Samievning oyog'iga tegar-tegmas zarbaga aylanib ketdi, Nematov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi. 

14. Cholovich o'ng qanotdan "Xorazm" jarima maydoniga kirdi, ammo u uzatgan to'p darvozabonga nasib etdi.

12. Nasrullaevning chap qanotdan uzatgan to'pi noaniq yo'nalish olib, maydonni tark etdi.

6. Abdirahmatovning o'ng qanotdan uzatmasini Muhammadjonov egallab oldi.

5. Dastlabki daqiqalar mezbonlar nazorati ostida o'tmoqda, ammo xavfli hujum sodir etilgani yo'q.

1. O'yin boshlandi.

Ayni daqiqalarda Sport va Futbol telekanallarida O'zbekiston kubogi o'yinlari translyaciya qilinmoqda. "Nasaf" – "Xorazm" uchrashuvidagi hodisalarni Championat.asia sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin. Biz ovozsiz sharhlashni kafolatlaymiz.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Nasaf" qizil, "Xorazm" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика