

"Nasaf" klubi maoshi nisbatan katta bo'lgan o'yinchilarini qo'yib yuborishga tayyor. "Ajdarlar" jamoada qolgan yetakchilar bilan shartnomalarni uzaytirib ulgurishganini yaxshi bilasiz. Klub xaridor chiqsa yetakchilarini katta bo'lmagan summaga sotib yuborishga tayyor.
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Neftchi" bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Farg'onaliklar "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matovni sotib olmoqchi. Islom Ismoilov jamoasini bo'lajak mavsumda Superliga, O'zbekiston kubogi hamda Elit OCHL bahslari kutib turibdi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun ilgari "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati "Nasaf" klubini moliyalashtirishni to'xtatishi haqida xabar berilgandi.



