Abduvohid Ne'matov: "Neftchi" haqidagi xabarlar rost edi, ammo "Nasaf"da qolishga qaror qildim"

Абдулвосит Бектемиров
13 mar 2026, 00:13
Superliga 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa posboni Abduvohid Ne'matov bugungi uchrashuv bo'yicha izoh berib o'tishdi.

"Ikki jamoa ham munosib kurashdi. G'alaba uchun kelgandik. Dastlabki xavfli vaziyatimizdan foydalanganimizda g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi. "Dinamo" ham yutib ketishi mumkin edi. Qizil kartochka bor edi, menimcha. Vaziyat takrorini ko'rganim yo'q. Maydonda qizil kartochka bordek ko'rindi.

"Neftchi" haqidagi xabarlar yolg'onmas edi. "Nasaf" bilan shartnomam bor va viloyat hokimi bilan shaxsan uchrashdik. "Nasaf" qolishga va jamoa uchun yanada ko'proq harakat qilamiz", - deya aytib o'tdi Abduvohid Ne'matov uchrashuv yakunlangach.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia