Muhammadqodir Hamraliev: "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim"
25 noy 2023 15:15
Yangiliklar


Muhammadqodir Hamraliev: "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim"
"Paxtakor" mudofaa chizig'ida ishonchli o'yin ko'rsatgan Muhammadqodir Hamraliev "Surxon" bilan kechgan uchrashuvdan so'ng chempionlik taassurotlari bilan bo'lishdi.
"O'zim "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim. O'zimizdan katta futbolchilarga havas qilar edik. Mana oradan yillar o'tib, niyatim amalga oshdi. Endi maqsadimiz – OCHLda ham o'zimizni ko'rsatish. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. "Paxtakor"dagi maqsadim – har bir musobaqada maksimal natija qayd etish.
Oldinda olimpiya terma jamoasi bilan ham muhim o'yinlarimiz kutib turibdi. Kuni kecha Osiyo chempionatiga qura tashlandi. Imkoniyatimiz yaxshi. Jamoamiz ham shakllangan. Qatardagi Osiyo chempionatiga chempion bo'lish uchun boramiz", – deydi Muhammadqodir Hamraliev.
Malumot uchun, Hamraliev "sherlar" libosida bu mavsum Superligada 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar