Muhammadqodir Hamraliev: "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023, 15:15
"Paxtakor" mudofaa chizig'ida ishonchli o'yin ko'rsatgan Muhammadqodir Hamraliev "Surxon" bilan kechgan uchrashuvdan so'ng chempionlik taassurotlari bilan bo'lishdi.

"O'zim "Paxtakor" akademiyasida katta bo'lganman. Bu kunlarni orzu qilar edim. O'zimizdan katta futbolchilarga havas qilar edik. Mana oradan yillar o'tib, niyatim amalga oshdi. Endi maqsadimiz – OCHLda ham o'zimizni ko'rsatish. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. "Paxtakor"dagi maqsadim – har bir musobaqada maksimal natija qayd etish. 

Oldinda olimpiya terma jamoasi bilan ham muhim o'yinlarimiz kutib turibdi. Kuni kecha Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi. Imkoniyatimiz yaxshi. Jamoamiz ham shakllangan. Qatardagi Osiyo chempionatiga chempion bo'lish uchun boramiz", – deydi Muhammadqodir Hamraliev.

Ma'lumot uchun, Hamraliev "sherlar" libosida bu mavsum Superligada 16 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia