Mudrik: "Men hech qachon bilib turib, taqiqlangan moddalarni qabul qilmaganman"
17 dek 17:42
Yangiliklar
Mudrik: "Men hech qachon bilib turib, taqiqlangan moddalarni qabul qilmaganman"
"CHelsi" yarim himoyachisi Mixailo Mudrik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida doping bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"SHuni ayta olamanki, AF [Angliya Futbol Associaciyasi — tahrir.]ga taqdim etgan namunada taqiqlangan modda chiqibdi.
Bu men uchun umuman kutilmagan holat bo'ldi, chunki men hech qachon bilib turib, taqiqlangan moddalarni qabul qilmaganman, qoidalarni buzmagan va vaziyatga oydinlik kiritish uchun jamoam bilan birgalikda ishlayapman. Hech qanday yomon ish qilmaganimni bilaman va umid qilamanki, yaqin orada maydonga qaytaman. Hozircha bundan ortig'ini ayta olmayman, lekin imkon bo'lishi bilan bu ishni amalga oshiraman".
Turli manbalar Mudrik 4 yilgacha bo'lgan muddatga futboldan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar bermoqda.
Fikrlar