MTJ. Bugun Geynrix keladi
27 avg 2016 16:05
Yangiliklar
MTJ. Bugun Geynrix keladi
O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Samvel Babayan shogirdlari har kuni mashg'ulot o'tkazishmoqda. Kecha terma jamoa ixtiyoriga "Al Jayish" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov qo'shilgandi. Bugungi mashg'ulotlarga Qozog'istonning "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix ham qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar