So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Moziyga qaytib... Azamat Abduraimovning beshinchi urinishi Yangiliklar

Moziyga qaytib... Azamat Abduraimovning beshinchi urinishi

Azamat Abduraimovning beshinchi urinishi

(“O'zbekiston futboli” gazetasining 1994 yil 16 fevral sonidan olingan).


Azamatning Malayziyaga ketishi xaqida ilk bor ukasi - Jasurning visol oqshomi kuni eshitdim. Amir Temur hiyobonidagi "Do'stlik" qaxvaxonasi mehmonlar bilan to'lgan, biroq kelin-kuyovdan darak yo'q edi. SHu sababli Azamat bilan ancha suhbatlashishga ulgurdik. Gap orasida u yaqinda Malayziyaga borib kelgani, nasib bo'lsa bu yil o'sha yurtda to'p surishi haqida to'lqinlanib gapirdi. Faqat hali hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi tufayli, bu hakda sir saqlashimni iltimos qildi. Men rozi bo'ldim.

Nihoyat, kelin-kuyov etib kelib, hamma o'z joyini egalladi. Malum bo'lishicha, kuyovning buvasi betobligi tufayli kasalxonadan chiqa olmagan. Jasur va Nadyaxonlar (uni o'sha kuni o'zbekchasiga Nargiza deb tanishtirishdi) avval kasalxonada 70 dan oshgan otaxonning oq fotihasini olib, so'ngra shodiyonaga qadam ranjida qilishgan ekan...

Berilgan vadaga muvofiq, Malayziyaga jo'nab ketishi oldidan Azamat tahririyatga qo'ng'iroq qilib, uchrashuv vaqtini belgiladi. Men esa suhbatga yaxshiroq tayyorlanish maqsadida, tahririyatdagi hujjatlar to'plamidan Azamatning katta futbolda bosib o'tgan yo'li haqida malumot axtardim. 


Azamat Abduraimov - 1966 yil 27 aprelda tug'ilgan. 1982-1984 yillar FSHM (Moskva) komandasi tarkibida sobiq SSSR birinchiligi II ligasida to'p surgan. 1985 yili oliy liga ishtirokchisi - Rostov shahrining SKA o'rinbosarlar tarkibini himoya qilgan, xizmatni kelasi yili CSKA-2 jamoasida davom ettirgan. 1987 yili Toshkentning "Paxtakor" komandasiga taklif etilib, ushbu jamoada 1990 yilgacha o'ynagan. 1990 yili Moskvaning “Spartak" klubiga qabul qilingan. 1991 yil oliy liganing yana bir ishtirokchisi - Dushanbening "Pomir" tarkibida maydonga tushgan.

1992 yil ilk marotaba xorijiy klub bilan shartnoma imzoladi. Bangladeshning "Muxamedam" klubida bor-yo'g'i to'rt oy tup surdi. Biroq shu qisqa vaqt ichida raqiblar darvozasini 17 bor nishonga olib chempionat to'purari bo'ldi va bu bilan u komandani milliy birinchilikda 2-o'rinni egallashida munosib hissa qo'shdi.

Mavsum yakuni bo'yicha esa unga "Yilning eng chiroyli goli" muallifi sifatida sovrin topshirishdi. Bangladeshda muxlislar uni stadiondan qo'llarida ko'tarib olib chiqishar, esdalik uchun dastxat oladiganlarning keti uzilmasdi. Lekin bu yurtdagi futbol darajasi yuqori bo'lmaganligi tufayli Azamat uyga qaytdi. 1992 yili u "Navbahor"da, o'tgan mavsumda esa MHSK tarkibida otasiga yordam berdi. Lekin xorijiy klublarning Azamatga bo'lgan qiziqishlari pasaymadi. U Janubiy Koreya chempioni - "Poska" jamoasi, shuningdek, Finlyandiyaning "Tampare" va Isroilning "Makkabi" klublarida ko'rikdan o'tib keldi. Oxirigi malumotlarga qaraganda, u “Makkabi” bilan shartnoma imzolagan ham edi, lekin...

          

           - Azamat, Isroilga borib ikkita o'yinda ikkita to'p kiritganingni, u erdan vakillar seni olib ketish uchun kelganliklari haqida eshitgandik, shu rostmi?

          - Ha, “Makkabi" tarkibida ikkinchi o'yinda to'p kiritishim bilanoq, meni maydondan chaqirib  olishdi va shartnoma shartlari bilan  tanishtirishdi. Men bazi tuzatishlar kiritgach, uni imzoladim. Unga ko'ra klub menga mashina va kvartira ajratadigan, oyiga 2000 dollar maosh va o'rtacha 1000 dollardan mukofot puli to'laydigan, evaziga esa men bu klub  tarkibida 1 yil to'p surishim lozim edi. Ammo bu erda hujjatlarim o'z vaqtida rasmiylashtirilmagach, shartnoma o'z kuchini yo'qotdi.

           - Keyin sen MHSK ga emas, "Paxtakor"ga qaytding...    

          - Rustam Akramov "Paxtakor"ni qabul qilib olishi bilan meni shu komandaga taklif etdi. Men u kishini juda hurmat qilganim uchun bajonidil rozi bo'ldim. Ochig'i, MHSK menga to'lagan 30 ming so'm maosh hech narsaga etmay qoluvdi, buning ustiga otam ham u erdan ketgandi. “Paxtakor" klubi rahbarlari esa menga darhol poytaxtning xohlagan joyimdan  kvartira ajratib berishga vada berishdi. Ammo vaqt o'tgan sari, bu vadaning amalga oshishiga ko'zim etmay qoldi, nihoyat Malayziyadan taklif tushgach, Rustam Akramovdan uzr so'rab, komandani tark etdim. 

          - Bizni ana shu taklifning qay tariqa tushgani qiziqtiradi...

           - Malayziyada Ibrohim ismli menejer bor. Aynan uning say-harakatlari tufayli Mustafo Bilolov, SHuhrat Xolmirzaev, Oleg Sinelobovlar Malayziya klublarida o'ynashmoqda. Bilolov va Xolmirzaev o'z klublari - "Perak" chempionatda uchinchi o'rinni egallashi uchun ko'p hissa qo'shishdi. SHundan so'ng malayziyaliklarning respublikamiz futbolchilariga qiziqishi ortdi.

Ibrohim meni dastlab taklif qilganida, ko'rikka rozi bo'lmadim. Janubiy Koreya va Finlyandiyadan so'ng bu narsadan ixlosim qaytgandi. Unga chiroyli o'yinlarim va kiritgan to'plarim jamlangan 20 daqiqalik videotasvir topshirdim. Ibrohim uni bir necha bor ko'rgach, meni Malayziyadagi eng kuchli jamoa - Kuantan shahrining “Paxang" klubiga tavsiya etibdi. Bu klub o'tgan mavsumda ham mamlakat chempionligini, ham kubokni qo'lga kiritgan.

Xullas, navbatdagi taklifdan so'ng, 19 yanvar kuni Malayziyaga yo'l oldim. Meni klub vakillari kutib olishdi, ertasiga esa kelishimga ataylab tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Men o'zim sevgan 10-raqamda maydonga tushdim. SHu kuni yangi jamoam 5:0 qisobida zafar quchdi, uning 4 tasini esa men kiritishga muvaffaq bo'ldim.

     - Sen shunchalik zo'r o'ynadingmi yoki qolganlar bo'sh ekanmi?

     - Ularga past baho bermagan bo'lardim, "Paxang"ning 6 o'yinchisi mamlakat terma komandasining azosi, agar avstraliyalik himoyachi va janubiy koreyalik yarim himoyachi ham o'z davlatlari sharafini himoya etishini inobatga olsak, klubning qanchalik kuchli ekanligini tasavvur qilish mumkin. Yana bir iqtidorli o'yinchi, argentinalik hujumchi o'tgan yili 14 to'p kiritib, chempionat to'purari bo'lgan, Faqat bu yil jamoani tark etgan ekan. Aynan uning o'rnini to'ldirish uchun meni va Bolgariyaning "Levski-Spartak" klubidan yana bir hujumchini taklif etishgandi. "Paxang"da qaysi birimiz qolishni aniqlash maqsadida yana bir qo'shimcha o'yin o'tkazildi. Hal qiluvchi so'zni Malayziya barcha yoshlar terma komandalarining rahbari, Kuantanning Sultoni aytishi lozim edi. Bu o'yinda biz 2:1 hisobida g'olib chiqdik. Dastlabki to'pni men kiritdim, ikkinchisi esa men oshirib bergan to'p natijasida amalga oshirildi. Ana shundan so'nggina Sultonning ro'molchasi men tomon hilpiradi.

     - SHartnomaning shartlari sir emasmi?

     - Qancha olishim haqida aytaman, faqat yozmaysiz (taqqoslash uchun: "Makkabi"ga qaraganda ikki karra foydali va hozir Malayziyada to'p surayotgan xorijliklar ichida eng yaxshisi - A. I.). Qolganlari esa "shunchaki" - dengiz qirg'og'i bo'yida 2 qavatli uy, mashina, tekinga benzin, jarohat tufayli maydonga tushmasam ham mukofot va Vatanga borib kelishim uchun yo'l haqini to'lash. SHartlar bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin edi. Klub rahbarlari meni O'zbekiston terma komandasida o'ynashdan voz kechishimni so'rashdi. Sababi - Osiyo o'yinlari o'tadigan muddatda Malayziyada hal qiluvchi o'yinlar bo'ladi. Biroq men o'z so'zimda qatiy turib oldim. Faqat, murabbiylar menga ishonib sardorlikni topshirishganini, men bu ishonchni oqlashim zarur ekanligini tushuntirganimdan so'nggina, rozi bo'lishdi. Aytgandek, mashhur "Puma" firmasi ham men bilan shaxsiy kontrakt tuzdi. Firma endi meni o'z mahsulotlari bilan kiyintiradi, men esa "Puma"ni reklama qilaman.

     - SHartnomadan bu erdagi klublar ham “u-bu narsalik" bo'lib qolishadimi?

     - "Paxtakor" men uchun hech narsa bermadi, MHSK bilan esa har holda bir yil to'p surdim: malayziyaliklar sobiq jamoamga ikki to'plam sport formasi berishadi, shuningdek Sultonning tug'ilgan kuni munosabati bilan o'tkaziladigan turnirga MHSK ham taklif qilinadi.

     - Malayziyada futbol mavsumi qachon boshlanadi?

     - Hozir ularda ham ro'za oyi. 27 mart kuni kubok musobaqalari, aprelning birinchi yarmida chempionat boshlanadi. Aytgancha, "Paxang" mavsumga tayergarlikni respublikamizda o'tkazishni rejalashtirgan. Klub 3-17 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishni so'rab federaciyaga faks yuboribdi, agar tomonlar kelishishsa muxlislar yangi jamoamni amalda ko'rishlari mumkish

     - Uylanishing bu yil ham cho'ziladi shekilli...

     - Xudo xohlasa yozda to'y bo'lishi kerak. Qiz ham topildi, o'zim orzu qilgandek o'zbek mahallasidan. Nasib etsa, albatta taklif qilaman.

     - Safar qachonga mo'ljallangan?

     - 9 fevral kuni uchib ketishim lozim edi, biroq yana xujjatlar to'g'ri bo'lmadi. Endi 16-ga chiptaga buyurtma berganman. Ishqilib bu safar hammasi to'g'ri bo'lsin...         „


Bugun 16 fevral. Azamat, agar junab ketmasa, suratlarni qaytarib olish uchun tahririyatga kelishini aytgan edi. Ammo men uni kelishini sira-sira istamayapman. Sababi - agar kelolmasa, demak Malayziyaga uchib ketgan bo'ladi. Bu esa uning hozirgi kundagi ushalay deb turgan orzusidir.



Abror IMOMXO'JAEV.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика