So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

Moziyga qaytib... Yangiliklar

Moziyga qaytib...

Teglar :  Moziyga qaytib
Farg'onaning “Neftchi” klubi mustaqil chempionatning ilk yillarida ketma-ket mamlakat chempionligini qo'lga kiritganda, bu yutuqlarda jamoa sardori Aleksandr Tixonovning hissasi ham katta bo'lgan.

Yoshi katta farg'onalik futbol muxlislari bu futbolchini yaxshi eslashadi. Quyida Aleksandr bilan 1994 yil boshida tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola qilamiz.


Aleksandr Tixonov: “Futbolga bir umr bog'langanman!”

(“O'zbekiston futboli” gazetasining 1994 yil 12-yanvar sonidan olingan).


Aleksandr Tixonov 1965 yil 19 aprelda Termiz shahrida tug'ilgan. 1972 yildan shahardagi futbol maktabiga qatnadi. Jizzaxning “Zvezda", "Sohibkor" (Xalqobod), "Tavriya" (Simferopol), "Paxtakor" (Toshkent) jamoalarida to'p surgan. Ayni vaqtda "Neftchi" (Farg'ona) komandasining sardori. Sport ustasi. O'zbekistonning ikki karra chempioni. Oliy malumotli (O'zDJTIni 1990 yil tugatgan).

Havas qiladigan futbolchisi - Marko van Basten (Gollandiya), jamoasi - “Barselona" (Ispaniya).


Tixonovlar... Bu nom muxlislarga yaxshi tanish. Ular o'zbek futboliga begona emas. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Viktor Mixaylovich Tixonov bundan 30 yillar muqaddam "Surxon" jamoasini tashkil etishda kamarbasta bo'lgandi. U boshchiligida "Surxon" (o'sha paytlarda jamoa "CHegarachi", so'ngra "Avtomobilist" deb atalgan) zafarli yo'llarini bosib o'tdi. Iqtidorli yoshlar "Paxtakor“da, sobiq SSSR chempionati birinchi ligasida bir necha mavsum qatnashgan Jizzaxning "Bo'ston" ("Zvezda")ida muvaffaqiyatli to'p surdi. Hech bir murabbiyning shogirdlari Viktor Mixaylovichning yigitlaridek respublikamizning etakchi jamoalariga taklif qilinmagan.

V. Tixonov Termizdan so'ng Jizzaxda, keyinchalik "Paxtakor"da bosh murabbiy bo'lib ishladi. U ayni damda Olimpiya terma jamoasi yordamchi treneridir.

Xalqimizda "ot izini.toy bosadi" degan naql bor. Uning o'g'li Apeksandr ham ota izidan bormoqda. Sashaning futbolga kirib kelishi ham qiziq kechgan. Maktab yoshiga etgan o'glini biror narsa bilan shug'ullanishini istagan Viktor. Mixaylovich ikkilanmay, to'g'ri shahardagi futbol maktabiga olib boradi. Ammo Sashaning futbolga uncha xushi yo'qroq edi. SHunday bo'lsa-da, ko'p qatori o'zi uchun shug'ullanar, ayni damda yosh texniklar uyiga borishni ham kanda qilmasdi.

Vaqt misoli oqar daryo deydilar. Ko'z ochib yumguncha yillar ketidan yillar o'tib, kechagina murabbiylardan to'p tepish sirlarini o'rgangan bolalar turli jamoalarga tarqab ketdi. Etuklik attestatini qo'lga olgan Sasha otasi-yu murabbiylarining "xay-xay"lashiga quloq solmasdan, 1982 yil yozida hujjatlarini Toshkent avtomobil yo'llari institutiga topshirdi. Talabalik yillari boshlandi. Biroq u yana bir yildan so'ng futbolga qaytishi-yu, hayotini u bilan bog'lashini xayoliga ham keltirmasdi.

1983 yili tengdoshlari qatori Sasha ham harbiy xizmatga chaqirildi va jangovar qismga emas, o'sha paytda harbiy klub hisoblangan "Zvezda" (Jizzax)ga yuborildi. Ikki yil harbiy xizmatchi sifatida to'p surdi.

"Hayotimni futbolsiz tasavvur qila olmasligimni shu erda his qildim", - deydi Sasha. - Endi futboldan ketmayman deya o'z-o'zimga so'z berdim. Harbiy xizmat tugagach albatta, boshqa jamoaga ketishni dilimga tugib qo'ydim. Bu orada boshqa jamoalardan "sovchi"lar kela boshladi. Demak, yomon o'ynamayotgan ekanman. Termizda - futbol maktabida olgan sabog'im, do'stlarim Asad, SHuhrat bilan to'p talashganim bekorga bo'lmagan ekan. Majburlab futbol maktabiga olib borgan otamga, murabbiylarimga rahmatlar aytdim. Umuman olganda biz bolakaylarning murabbiy borasida omadimiz chopgandi. Men ham A. Moshev guruhiga tushgandim. Surxondaryoda kamol topgan mashhur futbolchilar - o'smirlar o'rtasida Ovro'po chempioni, sport ustasi Farid Klyukov, Rinat Fayruzov, SHuhrat Xo'jaqulov, Alisher Qambarov, Vladimir Maksanov, Igor Puckov, Oleg Morozov, Aleksandr Afanasev, Albert Caraev, aka-uka Do'rmonovlar va Yoralievlarning hammasi A. Moshevdan saboq olgan.

Haqiqatdan ham harbiy xizmatdan so'ng, Aleksandr O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Evgeniy Valickiy boshchilik qilayotgan "Sohibkor" jamoasiga chaqiriladi. Olti oy Xalqobodda to'p surdi.

Yaxshi futbolchi hamma joyda qadrli. Ayniqsa himoyachi bo'lsa. A. Tixonov ham himoyada puxta o'ynardi. Gohida "dispetcher"lik vazifasini ham o'rniga qo'yib, butun jamoani hujumga chorlardi. Sobiq SSSR chempionati oliy ligasiga chiqib-tushib yuruvchi "Tavriya"ga Sashaga o'xshagan ham himoyani do'ndiradigan, ham sheriklarini hujumga davat etadigan futbolchi etishmas edi. "Sovchi“lar tezda til topishishdi va u mavsumni Qrimda yakunladi.

Bu paytda Farg'ona futbolining yangi zarvarag'i ochilgandi. Moskvadagi trenerlar tayyorlash oliy maktabini tugatib qaytgan Yuriy Vazgenovich  Sarkisyan murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgandi. U "Neftchi"ga bosh murabbiy etib tayinlangandanoq mahalliy yoshlarni jamoaga jalb etishni yo'lga qo'ydi va respublikadan tashqarida to'p suraetgap o'zbekistonlik yoshlarni qaytarishga harakat qildi. SHu tariqa Aleksandr Tixonov 1989 yilgi mavsumga tayergarlikni Farg'onada "Neftchi" jamoasida boshlab yubordi.

Jamoa o'sha yili yomon o'ynamadi. Mintaqada g'olib chiqib, o'tish turnirida ishtirok etdi. Faqat u erda omad chopmadi. Aniqrog'i, hamishagidek moskvalik hakamlar "Neftchi"ni bilib-bilmay "sindirdi". Biroq nima bo'lganda ham, "Neftchi"ushbu mavsumda chiroyli o'yinlari bilan muxlislar etiborini qozondi. Unga ozmi-ko'pmi Sasha ham o'z ulushini qo'shdi. Tezda asosiy tarkibdan o'rin oldi. Natijada kelgusi yili uni olii ligaga qaytish uchun tarkibi kuchli futbolchilar bilan to'ldirilayotgan "Paxtakor"ga chaqirishdi.

"Paxtakor"!.. Sening safingda to'p surish nafaqat yuzlab mahalliy yigitlarning (kelib ketuvchi murabbiylarning yarmi bolalarga etibor bermasdi), shu bilan birga ularning murabbiylarini ham azaliy orzusi edi. Kim ham o'z shogirdini respublika bosh jamoasida ko'rishni istamaydi, deysiz. Istash ham gapmi, faxrlanishardi.

Aleksandr Tixonovni "Paxtakor"ga chaqirishganda Sarkisyan ham quvondi. So'ngra, mabodo Toshkentda ishi yurishmay qolsa, "Neftchi"da uning uchun hamisha o'rin topilishini eslatib qo'ydi. Yuriy Vazgenovich qo'lida mavsumga yaxshi tayyorlangan Sasha jamoadagilar bilan tezda maydonda til topishib ketdi. Undan murabbiylar ham xursand edi. Ammo...

Ha, futbolchi xalqi borki, peshonasiga bitilgan, doimo orqasidan quvib yuradigan jarohat Sashani ham chetlab o'tmadi. "Neftchi" (Boku) bilan bo'lgan o'yinda qattiq jarohat oldi. "Qancha yotaman? Yana futbol o'ynay olamanmi?". Xayolimda dastlab mana shu o'ylar o'tgandi", - deya eslaydi u. Tezda oyoqqa turishi, mashgulotlarga kirishi albatta do'xtirlarning harakatigd bog'liq. Biroq... SHunday vaziyatlarda insonlarga dalda beruvchi, ko'nglini ko'taruvchi, tushkunlikdan chiqishga yordam beradigan maslakdosh juda-juda zarur ekan. Taqdiri azalni qarangki, faqat yordam qo'linigina cho'zuvchi emas, futbolga ham qaytaruvchi odam topildi. Bu - Yuriy Vazgenovich edi. U meni siniq oyogim bilan Farg'onaga olib ketdi, jamoa hisobidan davolattirdi.

Futbolchi uchun futbol o'ynashdan ortiqroq baxt bulmasa kerak. Har bir insonning o'z o'rni bor. Qanday kasbni tanlagandan qatiy nazar, malum joyda, malum vaqtda o'z o'rnini topadi. Futbolda ham xuddi shunday. Ko'pincha mana-man degan yulduzlarning bir jamoada muqim to'p surmaganidan taajjubga tushamiz. Buning taajjublanarli joyi yo'q. CHunki o'sha futbolchi baxtini qaerdan izlamasin, jamoa qanchalik kuchli bo'lmasin, o'z o'rnini topolmaydi yoki jamoa uslubi unga to'gri kelmaydi. A. Tixonov ham o'z uslubini aynan "Neftchi“da topdi. U shu erda mahoratini oshirdi, muxlislar orttirdi. Milliy terma jamoaga taklif etildi va uning barcha o'yinlarida maydonga tushda.

Terma jamoa o'yinlarida u bilan bir necha bor gazetaga intervyu olishga urinib ko'rdim. Ammo har safar "qo'ysangizchi, hali erta, chempionat tugasin-chi, o'shanda ko'ramiz, qani, intervyu berishga loyiq mehnat qildikmi, yo'qmi", degan javob olardim. Yaqinda uning uyiga qo'ngiroq qilib, tahririyatga taklif qildim.

- Sasha, chempionlik unvoni bilan tabriklayman.

- Rahmat. Endi har qancha intervyu bersak, yarashadi. CHunki, muxlislar oldida yuzimcz yorug'.

- O'tgan mavsum jamoa uchun qanday iz qoldirdi?

- Nima desam ekan, mana ketma-ket ikki marta chempionlikni qo'lga kiritdik. Ammo bu safargisi hammamiz uchun nihoyatda qadrli. Negaki, ko'plar o'tgan yilgi muvaffaqiyatimizga shubha bilan qarashgandi. Bu yil esa shubhalarga o'rin. qolmadi.

- Muvaffaqiyatlarning siri nimada deb uylaysiz? 

- Hamjihatlikda. O'yinchilardan tortib murabbiylaru homiylargacha hamma- hammamizning maqsadimiz bitta narsaga - u ham bo'lsa O'zbekiston chempioni degan nomga ega bo'lishga qaratilgandi.

- Dastlabki ikki chempionat o'rtasidagi farq nimada?

- 1992 yilgi mavsum arafasidagi ro'y bergan voqealarni sira eslagim kelmaydi. Hamma har xil kayfiyatda edi. Milliy chempionatimizga ishonchsizlik alomati barchani qamrab olgan edi. Murabbiylar, mutaxassislar, hakamlar, qo'yingki, futbolchilarning o'zi ham mavsumni nomigagina boshlagan edilar. Natija shu bilan tugadiki, ko'p joylarda pand eb qolishdi. Bu yilgisi esa boshqacharoq, ko'tarinki ruhda o'tdi. Ayniqsa, o'z maydonimizdagi o'yinlarning hammasi bayramona kayfiyatda o'tdi.

- CHempionat davomida esda qolarli voqealar ko'p bo'lgandir?

- Qaysi birini aytay, Gulistondagi durangimiz nafaqat mening, balki barcha jamoadoshlarimning hech qachon esidan chiqmasa kerak. Aynan shu kuni biz chempion degan sharafli nomga sazovor bo'ldik. O'z maydonimizdagi keyingi uchrashuv, butun Farg'ona ahlining xursandchiligini unutib bo'larmikan? Mehnatlaring tufayli odamlar qalbiga, uyiga yaxshi kayfiyat olib kirayotganingni ko'rib, beixtiyor engil tortasan. Mavsum oldidan Vazirlar Mahkamasining tarixiy qarori tufayli jamoalar o'zini o'nglab oldi. CHempionat ham bekamu ko'st o'tdi. Hukumatning shundai og'ir damlarda futbolimiz uchun bunday  g'amxo'rlik qilishi hammani ruxdantirib yubordi.

- Ko'pchilik mutaxassislar "Neftchi" respublikadagi yagona professional jamoa deyishmoqda. Siz bu fikrga qanday qaraysiz va umuman kimlarga nisbatan professional deyishadi?

- O'zbekistonda hali professional klublar umuman yo'q. "Neftchi" ham shular qatori. To'g'ri, bizda olib borilaetgan ishlar, murabbiylar va futbolchilarning o'z ishiga yondoshishi professional futbolning qandaydir bir ko'rinishi bo'lishi mumkin. Misol uchun baquvvat homiymiz bor. SHuningdek, o'yin davomida hakamlar yoki raqiblar bilan bemaqsad tortishib ogohlantirilish yoki maydondan chetlatish hollari bo'lsa, mashg'ulotlarga sababsiz kelinmasa, yoxud kechikish hollari ro'y bersa aybdorga katta mikdorda jarima solinadi. Bir necha o'yinda zahirada o'tirishga majbur bo'ladi. Murabbiylar bu jihatdan     professionallarcha yondoshadilar. Ammo bu - jamoa yoki falonchi professional bo'ldi, mamlakatimizda professional futbol mavjud degani emas.

Birinchi ligani qo'ya turaylik, hatto oliy ligada ko'pchilik jamoalarda o'quv mashgulot o'tkazish markazi, qarorgoh, xatto oddiy qo'shimcha maydon ham yo'q. Asosiy maydonlarning ko'pchiligi talabga javob bermaydi. Bunga Buxoro, Qo'qon, Nukus shaharlari maydonlarini misol qilib ko'rsatish mumkin.

- Sizningcha, professional klub qanday bo'lishi kerak?

- Professionallarda har kim o'z vazifasini qiladi. Futbolchi o'ynaydi, murabbiy natijaga javob beradi. Jamoa azolarining oilaviy sharoiti, mablag' va hokazolarni murabbiy emas, klub hal etadi. Bizda esa hammasiga bosh murabbiy javob berishi kerak. Endi o'ylab ko'ring, u futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazsinmi, yoki ularning muammolarini hal etsinmi? Birgina "Spartak" (Moskva)da 8 mamur (administrator) hizmat qiladi. Yaqinda Andrey Pyatnickiy bilan suhbatlashib qoldim. Xabaringiz bo'lsa kerak, unga Moskvadan uy berishgan. Andrey uyiga jihoz olmoqchi bo'lib, Oleg Romancevdan ruxsat so'rasa, Romancev "qiziqmisan, mashg'ulotni kim bajaradi, ana mamurga ayt, qaysi mamlakatnikidan kerak bo'lsa, olib beradi. Yoqsa olasan, bo'lmasa yana buyurtma berasan", deya javob bergan ekan. Professional masalaga ana shunday yondoshadi.

- O'yin davomida Yuriy Vazgenovich sizlarga ko'p tanbeh beradi. Hatto, o'rnidan turib ketib so'kishgacha ham boradi. Hech kim undan xafa bo'lmaydimi?

- Aslo. Jamoadagi tartib-intizomni ko'rganlar havas qilishadi. Bular o'z- o'zidan bo'lgani yo'q. Barchasi Yuriy Vazgenovichning xizmatlari tufaylidir. Sarkisyan doimo bir gapni uqtirishni qanda qilmaydi: "Yigitlar, ikki ochko g'alaba uchun beriladi, jamoaning kuchiga qarab emas". Agar raqibimiz kuchsizligiga ishonib, ortiqcha jon koyitmasak, yuqorida takidlaganingizdek tanbeh eshitamiz.

- Mana, tatil ham tugadi. Endigi rejalar qanday?

- MDH chempionlari turnirida qatnashamiz. SHuningdek, yangi mavsumgacha bir-ikki xalqaro tijorat turnirlarida qatnashishni ham rejalashtirganmiz.

- Muxlislar otangizni yaxshi murabbiy sifatida bilishadi. Siz ham...

- Fikringizga tushundim. Hozircha futbol bilan qachon xayrlashishni  o'ylab ko'rganim yo'q. Ammo shunisi aniqki, hech qachon futboldan ketmayman. Murabbiylik ham menga begona emas. Axir sevgan kasbimni futbol bilan bekorga alishmaganman.

- Unda rejalar o'ngidan kelsin.

- Rahmat.



Zarif XIDIROV.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика