Ter Shtegen "Real" bilan o'yinda safga qaytadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2025, 14:15
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya Kubogi finali doirasida "Real"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.

Mazkur uchrashuv 26 aprel sanasiga belgilangan. Hozircha kiper maydonga tusha oladimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

Joriy mavsum ter Shtegen La Liganing 6 o'yinida maydonga tushdi (5 ta gol o'tkazib yuborgan va 1 ta o'yinda gol o'tkazmagan) hamda Chempionlar Ligasining 1 ta o'yinida (2 ta gol o'tkazgan) ishtirok etdi. Joriy mavsumning katta qismini 32 yoshli germaniyalik jarohat sabab maydondan tashqarida o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS