So’nggi yangiliklar

18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  0 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  21 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   10 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  15 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5

Moziy yulduzlari: Kapitan Kan Yangiliklar

Moziy yulduzlari: Kapitan Kan

“Championat.asia”da yangi rukn.

Unda moziy yulduzlari haqida so'z boradi.

Darvozabon – yarim jamoa. Darhaqiqat, millionlar o'yinida so'nggi chiziq vakillarining o'rni ulkan hisoblanadi. Futbolda turli ampluada harakat qiluvchi o'yinchilar qilgan xatolarini ularning ortidan to'g'irlashning imkoni bo'lishi mumkin, ammo darvozabon xatoga yo'l qo'ysachi? Unda mazkur yo'l qo'yilgan xato katta ehtimol bilan butun jamoaning o'yiniga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin. Bugun siz aziz muxlislarga hikoya qiladigan qahramonimiz “Gorilla” laqabi bilan tanilgan o'tmishning eng kuchli darvozabonlaridan biri germaniyalik Oliver Kandir. Mazkur ruknimiz orqali aniq hisob-kitobni hush ko'ruvchi, nemis diyorida tug'ilib, shu yurt sharafini munosib himoya qila olgan, muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo'lgan karlsruelik posbon tomonidan bosib o'tilgan mardonavor faoliyat bilan yaqindan tanishamiz. Demak, quyida nemis qo'riqchisining yulduzli karerasi.


Karlsruelik “buldog”


Oliver Rolf Kan 1969 yil 15 iyun sanasida Germaniya janubidagi Karlsrue shahrida tavallud topgan. Oliverning ota-onasi Boltiqbo'yi mamlakatlarida tug'ilib voyaga etgan etnik nemis bo'lib, keyinchalik o'z ajdodlari yurtiga ko'chib kelishgan. Umuman olganda, qahramonimizning oilasi sportga befarq bo'lmagan va oilaning kenja azosi Oliverning maktab davrlarida futbol to'garagiga borishiga qarshilik ko'rsatishmagan. Qahramonimiz maktab davrlarida sportga, xususan futbolga juda qiziqar va millionlar o'yini sir asrorlarini qunt bilan o'zlashtirishga xarakat qilardi. Bolalik yillarida Oliverda nutq borasida nuqsonlari bo'lganligi uchun jamoaviy tadbirlarda qatnashmas, faqat oilasi davrasida bo'lishni xohlar va odamlardan o'zini olib qochardi. Hattoki, unga nutqi norasoligi uchun tengdoshlari tomonidan “buldog” laqabi ham qo'yilgandi. Oliver uchun bu jarayonlar ruhiy tomonlama tasir qilardi va maktabdan keyin asosan yaqinlari bilan vaqt o'tkazar edi. Bu holat oila azolarini ham tashvishlantirmay qolmadi va Oliverning talimi, tarbiyasi, mashg'ulotlari bilan uning otasi alohida shug'ullandi. Futbolni chin dildan sevgan yoshgina Oliver kelajakda mohir sportchi bo'lib etishishni maqsad qiladi va mashg'ulotlarga zo'r berib, ter to'kardi. Kunlardan bir kuni bobosi unga mashhur nemis darvozaboni Zepp Mayerning sport anjomlarini sovg'a qiladi. Aynan mazkur sovg'a Oliverning hayotida yangi burilish yasadi va u darvozabon bo'lishga ahd qildi.  SHaharda joylashgan futbol akademiyasida millionlar o'yini bilan jiddiy shug'ullandi hamda 1975 yildan 1987 yilgacha “Karlsrue” klubining yoshlar jamoasi safida maydonga tushdi.


Faoliyatning boshlanishi


1987 yilgi mavsumda esa klub bilan proffessional shartnoma imzolab, jamoaning zaxira davrozaboni sifatida ro'yxatga kiritildi. Albatta, Kann o'sha vaqtlari iqtidorli bo'lishiga qaramasdan, biroz tajribasiz va yoshi kichik bo'lgani uchun asosiy tarkibda uning sherigi Aleksandr Famullaga murabbiylar ko'proq imkoniyat berishardi. Oliver o'yinlarni asosan zaxirada kuzatib, o'z imkoniyati kelishini intizorlik bilan kutardi. 1987 yil noyabr oyida Bundesliganing navbatdagi turida asosiy darvozabon Famulla qizil kartochka olganligi uchun “Kyoln” bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda “Gorilla” asosiy tarkibda maydonga tushadi. Ammo, ichki birinchilikdagi debyut o'yinidayoq o'z darvozasidan to'rtta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Navbatdagi tur ham Oliver uchun omadli o'tmadi va “Verder”ga qarshi o'tgan bahsda raqib jamoa o'yinchilari uni ikki bora ranjitishadi va yakunda Oliver darvozabon Famullaga asosiy tarkibdagi joyni bo'shatib beradi. Qahramonimiz debyut o'yinlarida bu qadar muvafaqqiyatsiz ishtirok etishini kutmaganligi uchun biroz muddat ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Bu jarayondan chiqib ketish uchun yagona yo'l esa mashg'ulotlarga zo'r berish edi va Oliver ortga chekinmadi, o'z ustida ishlashda davom etdi. 1990 yilgi mavsumga kelib “Karlsrue” ustozi Vinfrid SHefer unga imkoniyat taqdim qildi va bazi o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Qahramonimiz keyinchalik o'zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi evaziga murabbiylar ishonchini qozonadi hamda jamoaning asosiy posboni bo'lishga erishadi. Aynan Oliverning ishonchli o'yinlari evaziga “Karlsrue” Bundesligada ajoyib natijalarni qo'lga kiritadi va 1994 yilgi mavsumda UEFA kubogi yarim finaliga qadar etib boradi.


Salom, Myunxen!


Oliver “Karlsrue”dagi ajoyib o'yinlari ortidan Bundesliganing favoritlari nazariga tushadi va ichki birinchilik gegemoni “Bavariya” qahramonimiz bilan shartnoma imzolaydi. Myunxenliklar safida haqiqiy afsonaviy faoliyat boshlandi va klubning alishtirib bo'lmas posboniga aylandi. 1996 yilda “Bavariya” tarkibida UEFA kubogini boshi uzra baland ko'tardi hamda xalqaro miqyosida dastlabki sovrinini nishonladi. 1997 yilgi mavsumda birinchi marta Bundesliga chempioni va mamlakat kubogi sovrindori bo'ldi. Ammo, 1999 yilgi ECHL finalida jamoasi bilan daxshatli va alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. “Nou Kamp” mezbonligida o'tgan finallar finalida “qizil iblislar” tomonidan uchralgan mag'lubiyat Kanning faoliyatidagi eng mashum voqea bo'lib tarix zarvaraqlariga muhrlandi. Biroq, o'sha yili turli nominaciyalar bo'yicha eng kuchli darvozabonlar ro'yxatiga kiritildi. 2001 yil qahramonimiz uchun omadli keldi va o'sha mavsumda myunxenliklar bilan o'ziga xos “trebl” qayd etdi. Dastlab Bundesliga g'olibligi qo'lga kirtildi. SHuningdek, ECHL finalida “Valensiya” tiz cho'ktirildi va Tokio mezbonligida o'tgan Qitalararo kubokda “Boka Xuniors” mag'lub etildi. SHundan so'ng, Oliver klublar miqyosida xalqaro maydonlarda boshqa sovrinlarga ega chiqa olmadi va faqatgina Bundesliga, kubok bahslaridagina g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2008 yilgi mavsum esa “Buldog” uchun so'nggisi bo'ldi, nemis futbolida o'ziga hos iz qoldira olgan posbon o'sha yili qo'lqoplarini mixga ildi.


“Nemis mashinasi”dagi faoliyat


1994 yilda Oliver birinchi bor terma jamoaga chaqiruv olgan bo'lsa ham yakunda mundialga borish unga nasib qilmadi. Ammo, SHveycariya termasiga qarshi ajoyib debyutidan so'ng o'sha vaqtlardagi milliy terma jamoa ustozi Berti Fogts 1996 yilda uni o'zi bilan Evropa chempionatiga olib ketadi. Albatta, Kan uchun asosiy tarkibdagi joy kafolatlanmagan, “nemis mashinasi”ning so'nggi nuqtasi haqiqiy raqobatlar maydoni edi. Zero, Andreas Kyopke va Oliver Rek bilan chin manoda raqobat qilish uchun Oliverdan juda yorqin istedod va tajriba talab etilardi. Musobaqani zaxira darvozaboni sifatida o'tkazgan qahramonimiz yakunda jamoasi bilan qita chempionligiga erishdi. 1998 yili Franciya yashil maydonlarida bo'lib o'tgan jahon birinchiligiga ham Kan zaxira davrozaboni sifatida tashrif buyuradi. “Nemis mashinasi” mundial chorak finalida xorvatlardan qaqshatgich “zarba” qabul qilib oladi va musobaqadagi ishtirokini yakunlaydi. Mundialdan so'ng nemislarning asosiy darvozaboni  Andreas Kyopke terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasaydi. Oliver uchun bu juda yaxshi imkoniyat bo'lib, undan nemislarning asosiy darvozaboni sifatida o'zini yangi qirralarini namoyish etishi talab etilardi. Karlsruelik shovvoz klubdagi va terma jamoadagi yorqin o'yinlari bilan faoliyatidagi eng yuqori cho'qqiga aynan o'sha yillari erisha oldi. Afsuski, 2000 yildagi Evropa chempionati nemislar uchun juda ayanchli yakunlandi, guruh bahslaridagi omadsizliklar ortidan musobaqani erta yakunlashga majbur bo'lishdi. Aynan o'sha qita birinchiligidan so'ng Oliver jamoadoshi Oliver Birxoffdan sardorlik bog'ichini oladi va keyingi o'yinlarda millatning  bosh jamoasi etkachisi sifatida safdoshlarini maydonga boshlab chiqadi. 2002 yilda ilk bora Osiyo maydonlarida tashkil qilingan mudial bahslarida Germaniya terma jamoasini sardor sifatida musobaqaga boshlab bordi va ajoyib o'yinlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo'ldi. Finalgacha bo'lgan uchrashuvlarda nemislar atigi bitta gol o'tkazib yuborishadi hamda hal qiluvchi bahsda Brazilya terma jamoasiga mag'lub bo'lishadi. Oliver butun musobaqa mobaynida ishnochli o'yin namoyish etib, jamoasini finalga qadar olib chiqqan bo'lishiga qaramay, finalda o'z darvozasidan ikki bor gol olib chiqishga majbur bo'ladi. Brazilyalik hujumchi Ronaldoning “dubl”i evaziga yakunda Janubiy Amerikaliklar bosh sovringa ega chiqishdi. Garchi, “So'yloq”dan ikki gol qabul qilib olganiga qaramasdan qahramonimiz mundial so'nggida musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topiladi.


Yakun!

SHundan so'ng, “nemis mashinasi” ruliga kelgan Yurgen Klinsmann terma jamoada bir qator rotaciyalarni amaga oshiradi. Jumladan, darvozaga Lens Lemann variantini loyiq deb topadi va Oliver termadagi o'rnini yo'qotadi. 2006 yilda nemis diyorida bo'lib o'tgan mundial bahslarida Leman germaniyaliklarning birinchi raqamli posboni bo'ldi. Nemislar jahon birinchiligining yarim finalida Italiyadan alamli mag'lubiyatga uchraydi va  3-o'rin uchun bo'ladigan bahsda ishtirok etishadi. Mazkur o'yinda Oliver asosiy tarkibda harakat qiladi hamda nemislar Portugaliya ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritadi. Aynan ushbu bahs “buldog” uchun terma jamoadagi so'nggi o'yin bo'lib tarix sahifalaridan joy oldi. Oliver terma jamoa safida 1995 yildan 2008 yilgacha xarakat qilib, 86 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z darvozasidan 78 ta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.


Erishgan yutuqlari:

Terma jamoa bilan:

Evropa CHempioni: 1996 yil 

Jahon chempionati kumush medal sohibi: 2002 yil 

Jahon chempionati bronza medal sohibi: 2006 yil

Konfederaciyalar Kubogi bronza medali sohibi: 2005


Klub miqyosida:

Germaniya CHempioni (8 marta): 1997, 1999, 2000, 2001, 2003, 2005, 2006, 2008 yillar

Germaniya kubogi g'olibi (6 marta): 1998, 2000, 2003, 2005, 2006, 2008 yillar

UEFA Kubogi g'olibi: 1995/96 mavsum

ECHL g'olibi: 2001 yil

Qitalararo Kubok g'olibi: 2001 yil


SHaxsiy yutuqlari:

Bundesliganing eng yaxshi darvozaboni: (5 marta): 1994, 1997, 1998, 1999, 2001 yillar

UEFA talqini bo'yicha Evropaning eng yaxshi darvozaboni: (3 marta) 2000, 2001, 2002 yillar

Germaniyaning eng yaxshi o'yinchisi: (2 marta)  2000, 2001 yillar

Jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchisi: 2002 yil

Lev Yashin mukofoti sovrindori: 2002 yil


Oliver futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so'ng, mashhur ZDF telekanali bilan shartnoma imzolab, futbol tahlilchisi bo'lib ish boshladi. SHuningdek, bir necha bor reklamalar roliklarida suratga tushdi, futbol tok-shoularida ishtirok etdi. Ammo, yakunda baribir qadirdon jamoasi “Bavariya” klubi bilan bo'lishga ahdi qildi. Myunxenliklar uning faoliyatida ulkan iz qoldirganligi uchun klub tomonidan berilgan taklifga yo'q deya olmadi. Bir muddat jamoaning futbol akademiyasida faoliyat olib bordi va bugungi kunda “qizillar”ning direktorlar kengashi azosi hisoblanadi.


Ha, Kan o'tmishning ajoyib yulduzi va haqiqiy jarima maydoni qiroli edi. Uning mohir ijrolari, betakror faoliyati hamisha futbol ihlosmandlari yuragining to'ridan o'rin oladi. Oliver nafaqat darvozabon balki, sardor sifatida klub va terma jamoasining almashtirib bo'lmas o'yinchisi bo'lgan. “Gorilla”ning seyvlari-yu, takrorlanmas o'yinlari hozirda darvozabonlik hadisini olayotgan bo'lajak charm qo'lqop ustalari uchun ajoyib qo'llanma bo'lib xizmat qilsa ajab emas.


Farrux Doniyorov tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика