Mozes O'runovning jamoadoshiga aylanadi. Ertaga tibbiy ko'rik
09 okt 2020 20:18
Yangiliklar


Mozes O'runovning jamoadoshiga aylanadi. Ertaga tibbiy ko'rik
"CHelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozes faoliyatini "Spartak"da davom ettirishi kutilmoqda.
Bu haqda Rossiyaning "CHempionat" nashri futbolchiga yaqin manbaga asoslanib xabar tarqatdi. 29 yoshli xavbek ertaga Moskva klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu jarayon Italiyaning "Villa Styuart" klinikasida o'tkaziladi.
Ko'rik muvaffaqiyatli o'tsa, ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi. Bitimda keyinchalik sotib olish huquqi to'g'risidagi band ham bo'ladi.
Mozes doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "CHelsi"ni tark etmoqchi. Nigeriyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar