Mourinyuga ajratiladigan mablag' kamaytiriladi
03 may 2020 16:41
Yangiliklar


Mourinyuga ajratiladigan mablag' kamaytiriladi
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Tottenxem" unchalik shov-shuv ko'tarmaydi.
"Sunday Mirror" xabariga ko'ra, klub rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinyu uchun ajratiladigan transfer byudjetini kamaytirishga qaror qilgan. Klub katta transferlarni amalga oshirmaydi va tarkibga arzonroq bir yoki ikki nafar futbolchi kelib qo'shilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "shporlar" yozda Dris Mertens ("Napoli"), Olive Jiru ("CHelsi") va Toma Mene (PSJ) kabi erkin agentga aylanadigan futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar