Mourinyu termadagi faoliyati uchun klubdan ketishi mumkin
18 dek 2022 13:55
Yangiliklar


Mourinyu termadagi faoliyati uchun klubdan ketishi mumkin
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu milliy jamoasi bosh murabbiyi extimolini o'ylab ko'rmoqda.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, 59 yoshli mutaxassisga Portugaliya futbol federaciyasi taklif bilan chiqqan, biroq murabbiy hali bunga javob bermagan.
Mourinyu klublardagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. U Rimda qolib, klub bilan sovrinlar yutishni istamoqda. Mourinyu o'z javobini Evro-2024 saralash bosqichigacha aytish niyatida. Portugallar yirik turnir uchun kurashda Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Bosniya va Gercegovina hamda Islandiya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Portugaliyalik mutaxassisning "Roma" bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar