Mourinyu: "Tarkibdan Matich va El-SHaaravi joy oladi, qolgan 9 nafar futbolchini tanlash kerak"
02 noy 2022 20:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/725114_original.jpg)
![](/upload/storage/725114_220.jpg)
Mourinyu: "Tarkibdan Matich va El-SHaaravi joy oladi, qolgan 9 nafar futbolchini tanlash kerak"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Evropa ligasi doirasidagi "Ludogorec"ga qarshi o'yin oldidan tarkib haqida gapirdi.
"Matich to'liq formada emas, lekin u jamoaga yordam bermoqchi. Bunday futbolchilar yonida yoshlar faqat o'sadi. Ko'ramiz, Matich o'zini qanday his qiladi. O'ylaymanki, u ham El-SHaaravi singari tarkibda bo'ladi. Qolgan 9 nafar futbolchini esa tanlash kerak”, - dedi Mourinyu matbuot anjumanida.
“Ludogorec” ustidan g'alaba qozongan taqdirda “Roma” Evropa ligasining pley-off bosqichiga yo'l oladi. Agar Joze Mourinyu shogirdlari g'alaba qozona olmasa, o'tgan mavsumda chempion bo'lgan Konferenciya ligasiga tushib ketadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar