Mourinyu makedoniyalik jurnalistning iltimosini bajardi
24 sen 2020 20:05
Yangiliklar


Mourinyu makedoniyalik jurnalistning iltimosini bajardi
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu Evropa Ligasi saralashidan o'rin olgan “SHkendiya”ga qarshi bugungi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
Unda makedoniyalik jurnalist Igor Aleksandrovich Jozega marhum otasi uning muxlisi bo'lgani haqida gapirib bergan. Uning so'zlariga ko'ra, otasi og'ir kasallanganda, agar imkon bo'lsa, o'g'lidan Mourinyu bilan birga suratga tushishini so'ragan.
"It's my pleasure to do the picture for you."
— Tottenham Hotspur (@SpursOfficial) September 24, 2020
Jose promises Macedonian journalist Igor Aleksandrovic a photograph ahead of tonight's game, in honour of Igor's late father who idolised our Head Coach.#THFC #COYS pic.twitter.com/xLyUwbq1GB
Portugaliyalik mutaxassis esa Aleksandrovich iltimosini rad etmadi va u bilan suratga tushdi, ammo belgilangan qoidalarga ko'ra ijtimoiy masofani saqlagan holda buni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar