Mourinyu Kloppdan farqli ravishda “Man Siti”dan taqiq olib tashlanishini “sharmandalik”, deya baholadi
14 iyu 2020 19:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581214_original.jpg)
![](/upload/storage/581214_220.jpg)
Mourinyu Kloppdan farqli ravishda “Man Siti”dan taqiq olib tashlanishini “sharmandalik”, deya baholadi
Avvalroq, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Man Siti"dan evrokuboklarda qatnashish bo'yicha taqiq olinib tashlangani haqida xabarga ijobiy munosabat bildirgandi.
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu bu qarorni keskin qoraladi.
“Manchester Siti” aybsiz bo'lsa, ularga bir necha millionlik jarima tayinlash bu sharmandalik. Agarda aybingiz bo'lmasa, hech qanday jazo olmasligingiz kerak. Boshqa tarafdan aybdor bo'lsangiz, seni chetlatishlari shart. Har qanday holatda ham bu – fojialidir.
“Manchester Siti”ni aybdor demoqchi emasman. Fikrimcha, agar sen aybdor bo'lmasang, unda jarimani ham to'lamasliging kerak. Hatto, bir funtni ham.
Hech narsadan xabarim yo'q. CHiqarilgan qarorni qoralamoqchiman. “Manchester Siti” aybdormi yo yo'qligini bilmayman, lekin har qanday holatda ham bu sharmandali qaror bo'ldi”, deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar