Mourinyu CHempionshipda o'ynaydigan himoyachini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi
20 dek 2019 15:33
Yangiliklar


Mourinyu CHempionshipda o'ynaydigan himoyachini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi
Yosh istedod egasi Jozeni hayratda qoldirdi.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yaqin transferlar oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishga qaror qildi. Portugaliyalik murabbiy "Vest Bromvich" himoyachisi Natan Fergyusonga ko'z tikmoqda.
Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Fergyuson uchun "shporlar" bilan birgalikda yana ikki Franciya klublari kurashadi. Bular, "Lion" va "Marsel" klublaridir.
Fergyuson to'p tepadigan "Vest Bromvich" klubi Angliya Premer-ligasiga qaytishga yaqin. Hozirda klub CHempionshipda birinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar