Mourinyu: "Bu tarkib va muammolar bilan MYU etarlicha ochko to'pladi"
13 dek 2018 20:10
Yangiliklar
Mourinyu: "Bu tarkib va muammolar bilan MYU etarlicha ochko to'pladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoasining ECHL guruh bosqichidagi ishtiroki haqida to'xtalib o'tdi.
"Qizil iblislar" G guruhida ikkinchi o'rinni egallashdi va pley-off raundiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. O'z guruhida mankunianliklardan faqat "Yuventus" ko'p ochko to'pladi.
"Vazifa bajarildi va oddiy guruhda emas. "Manchester Yunayted"dagi bu kabi tarkib, muammo va xavf-xatar bilan etarlicha ochko jamg'ardik", - deya Mourinyu so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Bundan tashqari, 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis guruhda uncha mukammal bo'lmagan uchrashuvlarni o'tkazgani, lekin asosiysi, 1/8 final bosqichiga yo'l ola bilganini ham takidlab o'tdi.
Fikrlar