Mourinoning fikricha, "CHelsi"dan ko'ra "Tottenxem" murabbiyi bo'lish osonroq
28 noy 2015 13:45
Yangiliklar


Mourinoning fikricha, "CHelsi"dan ko'ra "Tottenxem" murabbiyi bo'lish osonroq
"Tottenxem" - yaxshi jamoa, ular muhim futbolchilarni saqlab qolishmoqda va to'g'ri qilishyapti. "SHporlar"da bosim yo'q. CHunki ularga shu o'rinni egallaysan deyishmaydi.
Hech kim bu jamoaga sovringa davogar sifatida qaramaydi. Ular bir nechta uchrashuvlarda mag'lub bo'lishi mumkin, ammo bu muammo emas. Hozir "Tottenxem" Evropa ligasining guruh bosqichida ishtirok etmoqda va hech kim natijadan havotir olayotgani yo'q.
Maqsadi ligada jon saqlab qolish bo'lgan jamoani boshqarganimda, dekabr oyiga kelib uchinchi o'ringa chiqib olgan edik. Har bir o'yin oldidan mag'lub bo'lishga haqqingiz borligini eslasangiz, yoshlarga bemalol ishonch bildirish mumkin. Top-klublarga qarshi o'ynab, g'alaba qozonsangiz, qahramonga aylanasiz" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar