Mourino: "Tatil jonga tegdi"
15 sen 2019 16:16
Yangiliklar


Mourino: "Tatil jonga tegdi"
"Manchester Yunayted" va "Real" kabi jamoalarning sobiq ustozi Joze Mourino murabbiylikka qaytishni istamoqda.
"Tatil jonga tegdi! Bu yozni men muxlis sifatida o'tkazdim. Endi men ham muxlislar yozgi transferlar oynasini qanday o'tkazishini tushunib oldim. Men o'zim uchun jamoa qidirmadim. Ammo termada ham ishlamayman. Balki, 10 yillardan keyin shunday bo'lishi mumkin.
Evropa yoki jahon chempionatida murabbiylik qilmoqchiman. Bu mening rejamda bor albatta. Bu erda ajoyib kurash bo'ladi. Ammo termaning yomon tomoni, juda kam o'yin bo'ladi, bunga o'rganmaganman. Qachon qaytaman? Oldimdagi takliflarga qarab ish tutaman. Bu taklif esa meni qaytishga undashi kerak", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar