Mourino: "Sovuqqon bo'lish kerak"
06 dek 2020 13:35
Yangiliklar


Mourino: "Sovuqqon bo'lish kerak"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning chempionlik uchun kurashi haqida gapirdi.
Portugaliyalikning fikriga ko'ra, "shporlar" APL chempionligiga davogar bo'lishi uchun xotirjamlikni va sovuqqonlikni saqlab qolishi kerak.
"Biz haqimizda yaxshi gapirishayotgan bo'lsa, xotirjamlik va sovuqqonlikni saqlab qolish kerak, chunki bu bizni erkalatib yubormasligi lozim. Agarda bizni tanqid qilishsa, undan o'rnak olish shart. Sabrli bo'lib, balansni ushlab qolsak, maydonda bor kuchimiz bilan o'ynasak, mavsum yakunida nimagadir erishishimiz mumkin", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar