Mourinyo: "Meni Angliya Kubogi qiziqtirmaydi"

Aslanov Jasurbek
28 may 2017, 14:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Monakoda bo'lib o'tayotgan Formula-1 saralashiga tashrif buyurdi.

Portugaliyalikni Red Bull Racing jamoasi taklif qildi va u Maks Ferstappen va Daniel Rikkardolar bilan uchrashdi.

"Bir oy davomida futbol bilan qiziqmayman. Bilaman, bugun Angliya, Ispaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda Kubok finali. Ammo menga baribir. Natijalar ham qiziq emas. Hozir boshqa ish bilan shug'ullanib, oila va do'stlar davrasida bo'ladigan payt. Bu juda muhim" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com