Mourino mag'lubiyatdan so'ng: "Javob o'yinida hakam yaxshi bo'lishiga ishonaman"
08 apr 2022 09:40
Yangiliklar
Mourino mag'lubiyatdan so'ng: "Javob o'yinida hakam yaxshi bo'lishiga ishonaman"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Konferenciyalar kubogi chorak finalining ilk o'yini doirasida "Bude-Glimt" jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ular ikkita golni standart va rikoshetdan so'ng urishdi. Biz ham standartdan ko'p gol uramiz. Ammo bunday gollarni o'tkazib yuborishdan ko'ra, raqibga urgan yaxshiroq.
To'g'risini aytsam, meni Manchinining jarohati bezovta qilmoqda. Plastik chimdagi jarohat xotirjamlikni yo'qotadi.
1:2 hisobida yutqazdik va endi "Olimpiko"dagi javob o'yinida muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaymiz. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, yarim finalga chiqish uchun o'zimizni favorit deb hisoblayman.
Futbolchilarimga, stadion va muxlislarning qo'llab-quvvatloviga ishonaman. "Bude-Glimt" shubhasiz yaxshi jamoa, ammo javob o'yinida yaxshi hakam va uning yordamchilari bo'lishiga ham ishonaman", - dedi Mourino.
Fikrlar