Mourino: "JCH ishtirokchilari APL startiga tayyor bo'lishmaydi"
15 iyu 2018 16:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/444016_original.jpg)
![](/upload/storage/444016_220.jpg)
Mourino: "JCH ishtirokchilari APL startiga tayyor bo'lishmaydi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoning aytishiga ko'ra, JCH-2018 ishtirokchilari katta extimol bilan APLning startini o'tkazib yuboradi.
"Futbolga qaytish uchun tana kabi ruh ham uch haftadan ko'proq dam olishi kerak. Ularni ilk o'yinlarga tashlasa ham bo'ladi, biroq shundan keyin JCH ishtirokchilari bir necha haftalarni o'tkazib yuborishi mumkin. Ular katta mavsumga tayyor bo'lishlari uchun kamida uch hafta kerak. SHu boisdan futbolchilar APLning startiga tayyor bo'lishmaydi", - dedi Mourino.
JCHning so'nggi pallasigacha "Manchester Yunayted"ning 7 futbolchisi etib bordi. Bular: Pogba (Franciya), Fellayni va Lukaku (Belgiya), Yang, Jons, Lingard va Reshford (Angliya).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar