Mourinyo: "JCH ishtirokchilari APL startiga tayyor bo'lishmaydi"

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018, 16:06
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning aytishiga ko'ra, JCH-2018 ishtirokchilari katta extimol bilan APLning startini o'tkazib yuboradi.

"Futbolga qaytish uchun tana kabi ruh ham uch haftadan ko'proq dam olishi kerak. Ularni ilk o'yinlarga tashlasa ham bo'ladi, biroq shundan keyin JCH ishtirokchilari bir necha haftalarni o'tkazib yuborishi mumkin. Ular katta mavsumga tayyor bo'lishlari uchun kamida uch hafta kerak. Shu boisdan futbolchilar APLning startiga tayyor bo'lishmaydi", - dedi Mourinyo.

JCHning so'nggi pallasigacha "Manchester Yunayted"ning 7 futbolchisi yetib bordi. Bular: Pogba (Fransiya), Fellayni va Lukaku (Belgiya), Yang, Jons, Lingard va Reshford (Angliya).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: 101 Great Goals