Mourino Ispaniya soliq qonunini buzgani uchun jarima to'ladi
12 may 2016 16:10
Yangiliklar
Mourino Ispaniya soliq qonunini buzgani uchun jarima to'ladi
"Real" sobiq ustozi Joze Mourino Ispaniya soliq qonunlarini buzgani uchun mamlakat moliya vazirligiga 2 mln. evro to'lashga majbur bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, u 1 mln. evro jarima to'lashi kerak edi. Bu summaga o'z vaqtida soliq to'lamaganligi uchun yana 300 ming evro qo'shildi. Bundan tashqari, mutaxassis Ispaniya g'aznasiga yana 700 ming evro to'lashi shart. Mourino daromad solig'ini emas, imij huquqlaridan tushgan pullar solig'ini korporativ soliq stavkasi bo'yicha to'lagan.
Fikrlar