Mourino: "Gvardiolaning bu ishi unutilmas bo'lgandi"
12 fev 2021 23:17
Yangiliklar


Mourino: "Gvardiolaning bu ishi unutilmas bo'lgandi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino hamkasbi Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Murabbiylar o'rtasidagi do'stlikni targ'ib qila olmaysiz. Biz bir-birimiz bilan ko'p ham suhbatlashmaymiz. Faqatgina o'yindan oldin va keyin 1 daqiqagina vaqtimiz bo'ladi.
SHunday ishlar bo'ladiki, buni unutib bo'lmaydi. 2017 yili otam vafot etganida u menga qo'ng'iroq qilgandi. Bu menga juda yoqqan va unutilmas bo'lgandi. SHuningdek, Gvardiolaning onasi o'tib qolganida men ham qo'ng'iroq qilganman. Odamlar bu narsalarni bilishmadi. Gvardioladan menda faqatgina iliq xotiralar qolgan", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar