Mourino: "Futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo'lmay turib sovrin yutib bo'lmaydi"
03 mar 2019 19:52
Yangiliklar


Mourino: "Futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo'lmay turib sovrin yutib bo'lmaydi"
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino "Manchester Yunayted"dagi omadsizligi haqida gapirib o'tdi.
"Omadsizlikka sabab bo'lgan bir necha faktor borligini rad etmayman. Futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo'lmay turib, sovrin yutib bo'lmaydi. Jarayonga moslashib ketish uchun jamoaning ichida bo'lish lozim. Jamoaning ichida bo'lish uchun esa o'zingiz haqingizda unutishingiz lozim. Fikrimcha, men jamoa ravnaqi yo'lida bu ishni uddalay olganman. Ammo bundan afsuslanmayman. CHunki klubga borimni berganman", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar