Mourino: "Beylni olib qolish borasida muhokamalar bo'lmayapti"
16 jan 2021 00:50
Yangiliklar
Mourino: "Beylni olib qolish borasida muhokamalar bo'lmayapti"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino vinger Garet Beylning jamoada qolishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Garet mavsum yakunigacha ijaraga olingan. Hozirga qadar uni kelasi mavsumda tarkibda olib qolish uchun bir soniya ham muhokama bo'lmadi", - dedi Mourino.
Ushbu mavsumda Beyl barcha turnirlarda "Tottenxem" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. SHartnomaga ko'ra, "Tottenxem" futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
Fikrlar