Mourino: "APLdagi o'rtacha klublarning darajasi o'sgan"
06 avg 2015 21:45
Yangiliklar


Mourino: "APLdagi o'rtacha klublarning darajasi o'sgan"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidan kutayotganlari haqida so'zlab berdi.
"Bu mavsumda o'rtacha klublar va autsayderlar etakchilarni ko'proq mag'lub etib, ulardan ochko tortib oladi. Hozir o'rtamiyona klublarda grandlar orzu qiladigan futbolchilar harakat qilyapti. Kabay ("Kristal Pelas") bizda o'ynashi mumkin edi, Veynaldum ("Nyukasl") ham "CHelsi"da to'p tepsa bo'lardi, Gradel ("Bornmut") ham jamoamizga mos.
Sovrin uchun kurashga keladigan bo'lsak, chempionlik uchun kamida beshta jamoa kurashadi. APLning darajasi o'syapti. Har bir jamoada kuchli futbolchilar yig'ilgan" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar