"Monpele" hujumchisi g'alati rekordni qayd etdi
18 mar 2019 23:31
Yangiliklar


"Monpele" hujumchisi g'alati rekordni qayd etdi
"Monpele"ning senegallik hujumchisi Sulaymon Kamara Franciya chempionatining 29-turi doirasida "Lion"ga qarshi uchrashuvda gol kiritdi.
Ushbu gol orqali Kamara XXI asrda Liga 1 tarixida so'nggi 15 mavsumda kamida bittadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
36 yoshli Kamara 2007 yildan buyon "Monpele" safida faoliyat olib bormoqda. U bunga qadar "Monako", "Nicca" va "Gengam" kabi jamolarda ham to'p tepgan.
Bu mavsumda u ilk golini urish uchun 7 o'yin sarfladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar