"Monca" Italiya A Seriyasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
30 may 2022 02:16
Yangiliklar


"Monca" Italiya A Seriyasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
Ikki uchrashuvdan iborat pley-off bahsining dastlabkisida "Monca" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Javob o'yinida "Piza" katta kuch bilan oldinga tashlandi hamda ilk o'n daqiqalikda ikkita gol kiritdi. Bunga mehmonlar 20-daqiqada javob qaytardi. Ikkinchi bo'limda esa ular ikkinchi golni ham kiritdi. "Piza" esa bir amallab 90-daqiqada Mastinuning say-harakatlari tufayli hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi. Asosiy vaqtda hisob boshqa o'zgarmadi hamda jamoalar ekstra-taymlarga murojaat qildi. Qo'shimcha bo'limlarda "Monca" futbolchilari tetikroq ekanligi ayon bo'ldi, ularning ikki goli jamoani A Seriyaga yo'llanma olishiga zamin yaratdi, yakuniy hisob - 3:4 (umumiy 4:6).
Eslatib o'tamiz, B Seriyani "Lechche" peshqadam sifatida yakunladi, "Kremoneze" esa ikkinchi o'rinni band etdi. Har ikkala klub ham A Seriya chiptalarini naqd qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar