"Piza" 34 yildan so'ng A Seriyaga qaytdi
04 may 2025 21:41
Yangiliklar
"Piza" 34 yildan so'ng A Seriyaga qaytdi
"Piza" Italiya A Seriyasining 2025/26 yilgi mavsumiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Filippo Inzagi jamoasi B Seriyaning 37-turida "Bari"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). Mag'lubiyatga qaramay, 72 ochkoga ega "Piza" tur yakunlariga ko'ra, uchinchi o'rindagi "Speciya"ning "Rejana"ga (1:2) mag'lubiyati evaziga ikkinchi o'rinni kafolatladi.
"Piza" so'nggi bor Italiya oliy divizionida 1990/91-yilgi mavsumda ishtirok etgan.
Avvalroq "Sassuolo" ham yuqori divizionga ko'tarilgandi - Fabio Grosso jamoasi 81 ochko bilan B Seriyada chempionat tugashiga uch tur qolganida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar