Antonining uyiga o'g'ri tushdi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2026, 14:08
"Betis" vingeri Antoni 14 oktyabr oqshomida Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Portu"ga (3:2) qarshi bahs vaqtida uning uyiga o'g'ri tushganini ma'lum qildi.

Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.

"Uyimga bostirib kirishdi. Meni eng ko'p ranjitgan va g'azablantirgan narsa moddiy zarar emas, balki o'zimizni xavfsiz his qilishimiz kerak bo'lgan joydagi himoyasizlik tuyg'usidir. Oilamga qaraganimda, yaqinlarimning ko'zlarida qo'rquvni ko'rish - bu chidab bo'lmas holat", – deya ta'kidladi braziliyalik futbolchi.

Antoni 2025 yilda "Manchester Yunayted"dan "Betis"ga o'tgandi. U 2026/27 yilgi mavsum 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo