Doping sabab ikki yil futbol o'ynamagan jahon chempioni B Seriya jamoasiga o'tdi

Khoja
12 iyul 2025, 09:24
2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasining sobiq qanot hujumchisi Alexandro Gomes ikki yillik tanaffusdan so'ng yana katta futbolga qaytmoqda.

Futbolchi B Seriya vakili “Padova“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Ispaniya antidoping komissiyasining 2023 yil 20 oktyabrda Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) orqali FIFAga yuborilgan qaroriga ko'ra, futbolchi 2025 yilning 19 avgustiga qadar jamoa bilan shug'ullana olmaydi va yakka tartibda shug'ullanadi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilning noyabr oyida “Papa” laqabli Alexandro o'z farzandi uchun mo'ljallangan yo'tal siropini ichgan. Keyinroq Gomesning doping testi ijobiy chiqqan. Gomesning ishi hali tergovda ekanligi sababli futbolchi 2022 yilda bo'lib o'tgan JCHda ishtirok etgan va jamoasi bilan g'alaba qozongandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com