"Monako" "Yuventus"ning uch o'yinchisi bilan muzokara olib bormoqda

Alisher
14 avg 2019, 11:01
"Yuventus"ning 3 o'yinchisi faoliyatini "Monako"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar tarqatdi.

Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi Daniele Rugani, Mario Manjukich va Blez Matyuidilarning transferini muhokama qilish maqsadida francuz klubi vakillari bilan uchrashgan.

Qayd etish kerakki, uch futbolchi ham "Yuventus"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Monako" Fransiya chempionatidagi yurishini omadsiz boshladi. Jamoa o'z uyida "Lion"ga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com