"Monako" sport direktori "Manchester Yunayted" texnik direktoriga aylanishi mumkin
26 apr 2022 14:30
Yangiliklar
"Monako" sport direktori "Manchester Yunayted" texnik direktoriga aylanishi mumkin
"Monako" sport direktori Pol Mitchell "Manchester Yunayted"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Mitchell bilan hamkorlikka "qizil iblislar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik va jamoani 2021/22 yilgi mavsumdan boshqaradigan Erik ten Xag qiziqishmoqda.
Ikki mutaxassis ham Mitchellni MYU texnik direktorligi uchun tavsiya qilishmoqda. SHuningdek Angliya klubida qarorlar qabul qiladigan bir necha insonlar Mitchellning tayinlanishini qo'llab-quvvatlashmayapti.
Mitchell 2020 yilning iyunidan beri "Monako" sport direktori bo'lib ishlab keladi. 40 yoshli angliyalik undan oldin "Sautgempton", "Tottenxem" va "Leypcig" klublarida ishlagan.
Fikrlar